“Mehrjon” – bayramlar asli


Download 59 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi59 Kb.
#1044407
  1   2   3
Bog'liq
Kuz hosil bayrami


Faoliyat mavzusi: Kuz hosil bayrami
Faoliyatning maqsadi:
a) Ta’limiy: Tarbiyalanuvchilarga kuzda qanday hosil olinadi va qanday meva va sabzavotlar pishishi haqida tushuncha berish.
b) Tarbiyaviy: Tabiatdagi o’zgarishlarni o’rganish.
v) Rivojlantiruvchi: Egallangan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish, tarbiyalanuvchilar nutqini o’stirish.
faoliyat turi: An’anaviy
faoliyat usuli: Suhbat
faoliyat jihozi: Mavsuga oid rasm va ko’rgazmalar.
faoliyat shiori: “Kuz hosil bayrami”

Maktab zali bayramona gullar,sharlar bilan bezatilgan.sahna atrofiga mevalar,poliz mahsulotlari terib qo`yiladi.


1-o`quvchi: 2-o`quvchi:
Odamlaru odamlar, Bog`bonlaru dehqonlar,
Eshitmadim demanglar. Mirishkor paxtakorlar.
G`ir-g`ir shamol yelipti, Hosilni yig`ib –terib,
O`lkamga kuz kelibdi. Keldilar mehmon bo`lib.
1-2 –o`quvchilar birgalikda
Bu “Mehrjon” bayrami,
Hursand qilar hammani.
1-boshlovchi: 2-boshlovchi:
To`ylardan darak berar Yurtimizga sep yoydi
Karnay-surnay sadosi. Oltin kuz fasli.
Yuraklarga zavq solar Bu faslda “Hosil bayram”-
Uning nash‘-u namosi. Bayramlar asli.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar,aziz ustozlar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, mehribon ota-onalaru,qadrli tengdoshlar!
1-boshlovchi:
Bugun biz sizlarni bayramimizning aziz mehmonlari sifatida muborakbod etaamiz!
2-boshlovchi:
Barchangizga bayram muborak bo`lsin!
Raqs:4-“A” sinf oquvchilari ijrosida raqs.
(Chet eldan kelgan mehmonlarimiz kirib kelishadi.)
Ingliz tilida salomlashadi va ular O`zbekistonimizga mehmon bo`lib kelganliklarini,
maktabi oldidan o`tib ketayotganda bayram shodiyonasi eshitilayotganligini va bu yerga kelganliklarini aytishadi.
1-boshlovchi:
Xush kelibsizlar aziz mehmonlar,marhamat mehmonimiz bo`linglar!
1-boshlovchi:
“Mehrjon” bayrami kuz marosimlari negizida taxminan 2-3 ming yiul muqaddam paydo bo`lgan. U kuzgi kun va tun tengligi,hosil yig`ish yakuni,qishga tayyorgarlikning boshlanishi kabi hodisalarni aks ettirgan bayram bo`lib,10-15 asr mobaynida Navro`zdan keying bayram sifatida keng nishonlangan,shuningdek yil yarmi vazifasini o`tagan.
2-boshlovchi:
Bilasizmi, “Mehrjon” xalqimizning an‘anaviy bayramlardan biridir.Xalqimiz tabiat uyg`onishi,dalalarda ish boshlanishini “Navro`z ” sifatida bayram qilishsa, o`simlik dunyisining o`sishdan to`xtab,uyquga ketishi,mehnat mavsumi yakunlanayotganligini “Mehrjon” shaklida bayram qiladilar.
1-boshlovchi:
Mehrjon-kuz bayrami,to`kin- sochinlik,hosilni yig`ishtirib olish,dehqon mehnatini e‘zozlaydigan,kishilar orasidagi mehr-oqibatni oshirish bayramidir.
2-boshlovchi:
Shu sababdan ham kuz faslini barchamiz yaxshi ko`ramiz. Kuz faslida ona Vatanimiz yanada go`zalroq ko`rinadi.
Raqs:4-“B” sinf o`quvchilari ijrosida raqs.
Raqs:4-“A” sinf qizlari ijrosida raqs.
Kuz keldi bizlarga oltin kosada
Sharbat ola kedi,bolo la keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar,
Omborlar liq to`la bol ola keldi.
(Davraga Kuz fasli va Dehqonbobo kirib kelishadi.)

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling