Mehrjon bayrami


Tarbiyachi: – Qani boshlang bo‘lmasa, shamol bobo boshlang. Shamol


Download 98.06 Kb.
bet3/22
Sana17.06.2023
Hajmi98.06 Kb.
#1542086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ssenariylar

Tarbiyachi: – Qani boshlang bo‘lmasa, shamol bobo boshlang.
Shamol: – Qora qoshli urug‘i, choponi ola po‘choq,
Dumalashar paykalda har biri quchoq-quchoq.
Bola: – Tarvuz.
Shamol: – Goh uxlaydi to‘rvada, goh pishadi sho‘rvada
Mastavada u qiyma, qovurmada o‘ynaydi.
Bola: – Kartoshka 
Shamol: – Barakalla bolajonlar va’da qilganimdek sizlarni mevalar bilan siylayman.
Bolalarga mevalar tarqatib chiqiladi.
Tarbiyachi: – Bolajonlar bugungi bayram dasturi bobo-momolarimzga ota-onalarimizga va sizlarga manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Sizni ham bayramona kayfiyat tark etmasin.

TIL — MILLATNING FAXRI
Bayram ertaligini o‘tkazishdan maqsad: Ona tiliga e’tiborni, mehr-muhabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal bilishga, milliy o‘zlikni anglashga, qadriyatlarni e’zozlashga o‘rgatish. Ona tili millat ma’naviyatining ko‘zgusi ekanini e’tirof etish.
Musiqa zali bayramona bezatilgan, sahnada Alisher Navoiy surati, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi va bayroq ramzlari qo‘yilgan. Tarbiyalanuvchilar tantanali musiqa sadolari ostida zalga kirib keladilar va o‘z joylarini egallaydilar. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.
Boshlovchi: — Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz bolajonlar. Bugun biz bu yerga «Til – millatning faxri» mavzusidagi bayram ertaligini o‘tkazish uchun to‘planganmiz. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilingan. Shundan buyon har yili mazkur sana bayram sifatida keng nishonlanadi. Barchangizni mazkur bayram bilan muborakbod etamiz. Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk me’rosi, hatto, olam barqarorligining asosi ham bu — tildir. Shu sabab onadek aziz, o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy qonunning 4-moddasida O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish ta’kidlangan.
(Shundan so‘ng sahna bo‘sh qolib, hazin musiqa yangraydi. Ona siymosi paydo bo‘ladi).
Ona: — Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o‘z yurtiga fidoiy, mard-paxlavonlarim. Sizlar o‘z ona tilimizni doimo asrab-avaylanglar. O‘z tilimizning qatorida qardosh, chet tillarini ham o‘rganib, hurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o‘rinli va unumli foydalanishga harakat qiling, go‘zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomala madaniyatingizda ha namoyon bo‘ladi. «Yaxshi so‘z-jon ozig‘i», «Bir ko‘ngil imorati – ming Makka ziyorati»deganlaridek, shirinsuxan bo‘lib, millatning faxri, g‘ururi bo‘lib yashanglar.
Boshlovchi: — Munis onaxon, har bir so‘zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o‘zingiz bu tuyg‘uni, mehrni allangiz ila ko‘nglimizga jo aylagansiz.
Darhaqiqat, ne-ne allomalarimiz tilimizning qudrati ila ezgulikdan so‘zlaydi, buning barobarida jamiyat yuksaldi. Tilimizning buyukligi, serqirra va serjilo, sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o‘zbek shoirlari va adiblari o‘z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqda. O‘zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o‘qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.
Endi tarbiyalanuvchilarimiz ijrosida til to‘g‘risida ajoyib she’r tinglaymiz.
1-bola: — Ona tilim, dono tilim berar menga dunyo bilim.
Qayga borsam o‘tkir so‘zim, oyga uchsam oydin yuzim.
Aqlim oshar, baxtim toshar, o‘zbek tilim dono tilim.
O‘zbek tilim so‘zi so‘zim, takror qilay sevib o‘zim.

Download 98.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling