Международный научный журнал №5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Talantbek Tolibjonovich Madumarov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYASI
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 1901 Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so'z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo'jaligi doirasida ro'y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo'jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejam korlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karim da shunday oyat bor: «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, amm o isrof qilmanglar». Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo'jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo'jalik, jamoa xo'jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo'jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo'jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo'shma korxonalar, davlatlar o'rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o'ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. [2] ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYASI Iqtisodiyot keng ma’noda – bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir. Iqtisodiyotning 3 xil tushunchasi bor: • Ishlab chiqarish munosabatlarining yig’indisi; • Tuman xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi; • Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i. “Milliy iqtisodiyot” atamasi esa keyingi yillarda “mamlakat iqtisodiyoti”, “respublika iqtisodiyoti”, “milliy xo’jalik”, “xalq xo’jaligi”, “ijtimoiy ishlab chiqarish” tushunchalarining sinonimi sifatida ilmiy adabiyotga, boshqarish va xo’jalik amaliyotiga kirib keldi. [3] NATIJA Milliy iqtisodiyotning quyidagi xarakterli belgilari va shart-sharoitlari mavjud: - milliy va davlat suvereniteti; - hududiy yaxlitlik; - iqtisodiy maydon va huquqiy muhit birligi; - yagona to’lov vositasi – milliy pul birligi, moliya tizimi yaxlitligi; - ichki bozorning rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy va geopolitik munosabatlarning barqarorligi va boshqalar. Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs, institutsional va boshqa kichik tizimlar, komponentlardan tarkib topadi. Tashkiliy jihatdan – xo’jalik yuritish sub’ektlar yig’indisi – tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, ishlab chiqarish turlari, tarmoqlar, mintaqalar, ularning o’zaro aloqalari va munosabatlaridan iborat. Tarkibiy jihatdan – xo’jalik majmualari – sanoat, agrosanoat majmuasi, yoqilg’i-energetika Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 1902 majmuasi, qurilish majmuasi va boshqalar. Resurslar bo’yicha – imkoniyatlar yig’indisi – tabiiy xom-ashyo, demografik va mehnat, ilmiy va innovatsion, ishlab chiqarish, ekologik xususiyatlardan iborat. Institutsional jihatdan – bozor institutlari va milliy bozor segmentlari yig’indisi – ishlab chiqarish vositalari bozori, tovar va xizmatlar bozori, kapital 6 bozori, ipoteka bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, fond bozori, mehnat bozori, intellektual mulk ob’ektlari bozori, uy-joy bozori va boshqalardan iborat. Xarakat qilish va boshqarish darajasi bo’yicha milliy iqtisodiyot makrodarajada (butun iqtisodiyot) mezodarajada (tarmoqlar, mintaqalar) va mikrodarajada (korxona, birlashchi ishlab chiqarish) tahlil qilinadi. Milliy iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatish shakli bo’lib, mamlakat hududida yashovchi asosiy millat (xalq)ning tarixan shakllangan va rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadigan, mahalliy, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xo’jalik tarmoqlari, korxonalari, mehnat uyushmalari, xududlari va mintaqalari tizimidir. [4] Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling