Международный научный журнал №5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAlimova Dilfuza Obidovna
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :
1.Винер И. Кибернетика и общество. - М. : ИЛ, 1958 2.Землянова Л. М. Зарубежная ломмуникативистика в преддвери информационного общества. – М. : Изд - ва МГУ, 1999. 3. QOMUS.INFO onlayn ensiklopediya 4. Ozbekiston milliy ensiklopediyasi( 2000-2005) 5.Tarbiya ( Matn) 10-sinf uchun darslik T – 2021 Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 209 MA’NAVIY MEROS QUDRATI Alimova Dilfuza Obidovna Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’naviy meros tushunchasiga kengroq tarif berilgan , ma’naviyatimiz ildizlariga to’xtalib ularning o’tmish, bugun va kelajak avlod taqdirida tutgan o’rni to’g’risida mulohaza yuritilgan. Ma’naviyat, ma’naviy meros, qadriyat, anana. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, ochmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyoji, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo’lib,unga ilm – fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, ahloq diniy va dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar kiradi. Ma’naviy meros zamonlar o’tishi bilan o’z qadrini yo’qotmaydi, balki sifat jihatidan yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his tuyg’usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, ahloq odobni ezgulik sari yetaklaydi. Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so’ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosga aylanib qolmoqda. Ma’naviy meros – ma’naviy taraqqiyot mahsuli, inson aql zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xususiyatiga ega bo’lgan kishilarning ongi va dunyo qarashining o’sishi olamni bilish va ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha . Ma’naviy meros ajdodlar tajribasi qoldirgan ma’naviy boyliklarining kelgusi avlodlarning amaliy faoliyati, tafakkur tarzida qanday ahamiyat kasb etishiga ko’ra, yakka shaxs , alohida guruh yoki muayyan millat vakillariga tegishli bo’lishi mumkin. Ular ma’lum milliy tilda yaratilgani, milliy madaniy- ma’naviy ananalar, qarashlarni aks ettirishga ko’ra millatga, ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi turli millatlarni qamrab olishi hususiyatiga ko’ra jamiyatga, ma’lum bir davlat hokimiyati amal qilib turgan davrda yaratilganiga ko’ra davlatga, insoniyat tarixiga tutgan yuksak o’rniga ko’ra sivilizatsiyaga xos bo’lishi ham mumkin. Shuningdek ma’naviy meros bir vaqtning o’zida millat, davlat , mintaqa va butun insoniyatga tegishli bo’lishi ham mumkin. Masalan, Imom Buhoriy va Imom Termiziyning diniy – marifiy merosi, Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyotga oid yoki Mirzo Ulug’bekning astronomiyaga doir kashfiyotlari, nafaqat millatimiz va mintaqamizda istiqomat qilayotgan xalqlar, balki jahon sivilizatsiyasi, madaniyatidan o’rin olgan bebaho manaviy merosi hisoblanadi. Manaviy meros moddiy merosdan farqli ravishda olamda va insonning ichki dunyosida ro’y bergan, berayotgan yoki berishi mumkin bo’lgan intelektual va psixologik holatlar, hatti – harakatlar amaliy faoliyat va uning natijalarini aniqlashga keng imkoniyatlar yaratilishi bilan qadrlidir. Shu bilan birgalikda, ma’naviy merosni moddiy meros insonning ongiga ta’siri nuqtai nazaridan ayni vaqda ma’naviy merosga aylanishi ham mumkin. Masalan bizga qadar yetib kelgan uzoq Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 210 o’tmishda yaratilgan tarixiy obidalar moddiy merosga mansub bo’lsa – da, ulardagi muxandislik, bezak ishlari, qurilish tarixi va unga oid ashyolarning tayyorlanishi, bunyodkorlik va boshqa jihatlariga ko’ra ma’naviy merosga aylanadi. Huddi shuningdek, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalari moddiy merosga mansub bo’lsada, bu boradagi ananalarning ajdodlardan avlodlarga o’tishi ma’naviy meros tarzida amalga oshadi. Shu jihatdan olib qaraganda, insoniyatning yozma manbalarda aks etmagan ko’plab tabiiy ko’nikmalari ma’naviy meros tarzida ajdodlardan avlodlarga o’tib keladi. Yozuvning paydo bo’lishi ma’naviy merosni saqlash va boyitish yo’lidagi insoniyat erishgan eng katta yutuq hisoblanadi. Yozuv tufayli hozirgi ilm –fanda inson taraqqiyoti , jumladan, ma’naviy merosning besh ming yildan ortiq tarixi, yer va koinot jismlarining bir necha million yillik davri haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Kishilar ongi, ichki dunyosi, tafakkur tarzi, his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularni boyitish, rivojlantirib, g’oyaviy yo’nalishlarda boshqarish ma’naviy merosning asl mohiyatini ifodalaganidek, bugungi kunda ma’naviy merosning odamlar hayot tarziga chuqur ta’sir etib, qadriyat sifatida ahamiyati tobora yaqqol namoyon bo’lmoqda. I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “ Sharq olamida , jumladan O’rta osiyo sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg’usi go’yat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir- biriga yaqinlashtirishga, bir- birini qo’llab – quvvatlab hayot kechirishga zamin tug’diradi. Shu ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo’lsak, boshqalarga hech o’xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o’zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo’ladigan bir qator o’ziga xos xususiyatlarni ko’ramiz. Misol uchun , tilimizdagi mehr – oqibat , mehr – muhabbat, mehr- shavqat, qadr – qimmat degan bir-birini chuqur mazmun bilan boyitadigan va to’ldiradigan xususiyatlarni olaylik. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning, ma’naviy merosining amaliy ifodasidir. Masal ,ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo’lsak, uning juda teran tarixiy , milliy, dininy ildizlari borligini ko’rish mumkin. Bu avvalo, insonning inson bilan , qo’shnining qo’shni bilan, qarindoshning qarindosh bilan , oilaning oila bilan eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg’un bo’lib yashashini, etim –esir, beva- bechora va nogironlarga musofirlarga saxovat ko’rsatish, sidqidildan, beg’araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi”. Demak, bunday qadriyatlar ananalardan – ananalarga ma’naviy meros sifatida o’tib kelayotgani rad etib bo’lmas haqiqatdir. Shu jihatdan olib qaralganda, jamiyat tafakkuridagi g’oyaviy, mafkuraviy madaniy – marifiy , diniy va ahloqiy qadriyatlar, dunyoqarash, urf-odat ananalar va munosobatlar kelajak avlodning ma’naviy merosini belgilaydi. Madaniy qadriyatlar va ma’naviy merosning ming yillar mobaynida xalqimiz uchun qudratli ma’naviyat manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay O’zbekiston xalqi avloddan – avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o’ziga xos ananalarini saqlab qolishga muvafaq bo’ldi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling