Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
-MODUL. Kimyo fanini o’qitishda keys-metodi asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
8-MODUL. Kimyo fanini o’qitishda keys-metodi asoslari
19-§. Keys-metodi asosida o’qitish So’nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika 124 ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni o’rinda ushbu metod (texnologiya) mohiyati haqida so’z yuritiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) – 1) o`quvchilarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya; 2) real vaziyatlarni bayon etishda qo’llaniladigan o’qitish texnikasi sifatida qaraladi. “Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQSHning Garvard universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qo’llanilgan. Ushbu texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo’llanila boshlangan. Keyslarning ilk to’plami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard universiteti hisobotlari asosida chop etilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo’llanilmoqda. O’zbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo’lidagi harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi. Xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish maqsadida qo’llanilishi sababli ular odatda murakkab tarkibiy tuzilma hamda o’rtacha (Yevropa), katta (AQSH) hajmga ega bo’ladi. Ko’p holatlarda keyslar birgina mashg’ulot jarayonida hal qilinmay, balki butun bir semestr, hatto o’quv yili davomida yechiladi. Ularning bu boradagi tajribalaridan bitiruv malakaviy ishlari (bakalavriat), magistrlik dissertasiyalari (magistratura), bitiruv loyiha ishlari (malaka oshirish kurslari)da foydalanish maqsadga muvofiqir. O’quv materialining xarakteridan kelib chiqqan holda oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo’lmagan, ya’ni mini keyslardan ham foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta’lim amaliyotida o’z tasdig’ini topgan. O’zbekiston sharoitida ham ushbu keyslardan samarali foyalanish mumkin. Shu bilan birga o’rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik hajmli, sodda – mini keyslardan ham foydalanish foydadan holi emas. Murakkab va oddiy mini keyslar 125 o’rtasidagi eng muhim farqlar – ularning hajmi, murakkablik darajasi va tarkibiy tuzilmasida aks etadi. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo’li sifatida qo’llanilsa, metod xarakteriga ega bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o’zida aks ettiradi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling