Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-§. Keys-metodi asosida kimyo fanini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari
- “Keys-stadi” metodi
Nazorat savollari.
1. “Keys-stadi” texnologiyasi dastlab qachon va qayerda qo`llanilgan? 2. Hajmiga ko`ra keyslar qanday farqlanadi? 3. “Keys-stadi” texnologiyasining asosiy bosqichlari nechta? 4. Keys metodi qanday turlarga bo`linadi? 5. Keys metodi qo`llanilganda o`quvchilarda qanday ko`nikmalar rivojlanadi? 20-§. Keys-metodi asosida kimyo fanini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari Bugungi kunda mamlakatimiz ta`lim tizimida - Case-study metodi tobora ommalashib bormoqda. Mazkur texnologiyani ta`lim jarayoniga tadbiq etish yo`lidagi harakatlarni ilm sohasining barcha jabhalarida faoliyat ko`rsatayotgan ta`lim beruvchilar yanada faollashtirishlari zarur. Bu esa oldimizda turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir. “Keys-stadi” metodi “Keys-stadi” - inglizcha so’z bo’lib, (“case” – aniq vaziyat, hodisa, “study”– o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida 128 o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Dars murakkab jarayon bo`lib uning, sermahsul natija berishi uchun unda qaysi metod yoki usulni qo`llashdan qat`iy nazar har bir o`qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko`rishi metod lozim. Keys metodini qo`llashda eng avvalo o`qituvchi bu metod talablari darajasida tayyor bo`lishi lozim. O`qituvchi bu metodga asoslangan o`quv topshiriqlarining puxta asoslanishiga erishishi kerak. Keys topshiriqlarini amaliy-didaktik xarakterga ega bo`lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e`tiborni qaratish talab etiladi: - Maqsadni aniq ifoda etish (maqsad ikki yoki undan ortiq); savol yoki topshiriq ma`lum darajada murakkab bo`lishi; ijtimoiy, maishiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi; milliy xususiyatlarni o`zida namoyon eta olishi, tezda o`zining ahamiyatini yo`qotmasligi; ta`limning barcha yo`nalish va sohalariga oid vaziyatlarni ifodalashi; dolzarb ahamiyatga ega bo`lishi; o`quvchilarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi; bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi; bir necha yechim imkoniyatini ta`minlay olishi. O`qituvchi oldiga qo`yiladigan talablar esa: Beriladigan keys mazmuni sodda va ravon tuzilishi; Muammoni yechish yuzasidan beriladigan topshiriqlar aniq bo`lishi; Taqdimotlar tayyorlash va ularni namoyish etish; Foydalanish uchun adabiyotlar ruyxatini berish; Metodik tavsiyalar va yo`riqnomalar berish; Keys yechish jarayonini kuzatib borish; Keys yechimini tahlil qilish; O`qituvchi muammoni yechimi bo`yicha o`z variantini taqdim etishi; 129 Muamoli vaziyat yechimini baholash; Verbal va noverbal vositalarni qo`llashda ehtiyotkorlikdan iborat . Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati o`rganilayotgan muammoga bevosita taalluqli bo`lishi lozim. Kimyo fanidan keys turlari: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling