131
Temirni zamonamizning muhim metali deb hisoblash mumkin.
Bu element
juda yaxshi o’rganilgan, temir qachon va kim tomonidan ochilganligini hech kim
bilmaydi. Temir juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan elementlar qatoriga
kiradi. “Temir asri”, uning boshlanishi bizning asrimizdan
avvalgi minginchi
yillarga to’g’ri keladi. Bronza asrining o’rnini temir egallagan.
Inson tomonidan ishlatilgan birinchi temir yerga tushgan meteoritlar
bo’lgan. Yerga tushgan meteoritlarning asosiy qismi nikelli temirdan iborat.
“Samoviy” temirning birgina muhim texnologik qulayligi:
qizdirilganda oson
bolg’alanadi, uni hatto sovuq holda ham bolg’alash mumkin.
Temir oyda ham topilgan,
oyda u oksidlanmagan, erkin holda uchraydi.
Temir yerda ayrim hollarda erkin holatda uchraydi.
Qadimda temir juda yuqori baholangan. Qadimgi grek olimi Strabonning
“Geografiya” kitobida yozilishicha asrimizning boshlarida Afrika xalqlarida temir
oltindan 10 barobar qimmat turgan. Temirning bahosi uning siyrakligi va kimyoviy
barqarorligi
bilan emas, balki, texnikadagi, tsivilizatsiyaning
rivojlanishidagi
ahamiyati bilan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: