126
“Keys-stadi” metodining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Izlanishga doir faoliyatning mavjud bo’lishi.
Jamoaviy va guruhlarda o’qitish.
Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.
Xilma-xil o’quv loyihalarini ishlab chiqish.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o`quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini
rag’batlantirish
Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilar savollar bo’yicha faoliyatni qamrab
oladi:
Kim? (Who?),
Qachon? (When?),
Qaerda? (Where?),
Nima uchun? (Why?),
Qanday?/ Qanaqa? (How?),
-
Nima? (natija) (What?).
Keys metodi quyidagi turlarga bo`linadi:
Amaliy keyslar
aniq berilgan holat yoki voqeani aks ettiruchi keyslar
Ta`limiy (o`quv) keyslari ta`lim jarayonida beriladigan keyslar
Ilmiy-tadqiqot keyslari
ta`lim oluvchini ilmiy-izlanishga
undovchi keyslar
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda texnologiyaning quyidagi
vazifalari mavjud:
1. O`quvchilarda tahlil ko`nikmalari va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish.
2. Nazariya va amaliyot birligini ta`minlash.
3. Muammo yuzasidan turli qarashlar va yondashuvlarni namoyish qilish.
4. Qarorlar qabul qilish va ularning oqibatlariga doir mulohazalarni taqdim
qilishdan iborat.
Keys metodi qo`llanilganda o`quvchilarda:
127
1.
Tahliliy ko`nikmalar – ma`lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni
turkumlashtirish, ma`lumotlarni
zarurligi darajasini aniqlash, tahlil qilish,
taqdim etish. Shaxs bu hollarda aniq va mantiqiy fikrlay olishi kerak;
2.
Amaliy ko`nikmalar – muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real
vaziyatni
tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo`llay
bilish;
3.
Ijodiy ko`nikmalar – mantiqiy yondashuv asosida muammoni yechish
muhim emas, balki ijodiy yondoshib
muammoning bir necha
yechimlarini topish va ularni tahlil qilish;
4
. Muloqot ko`nikmari;
5.
Ijtimoy ko`nikmalar;
6.
O`z-o`zini tahlil qilish – bahs-munozara jarayonida o`zini
tuta bilish,
boshqalarga namuna bo`la olish kabi ko`nikma va malakar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: