139
Natijasi
Maqola, referat, ma’ruza,
keys va b.
Hisobot, ma’ruza,
keys va b.
Harakatlar dasturi,
keys, strategiya,
tavsiya, ma’lumot-
noma to’plami va b.
Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda o'quvchilar
fikr almashadilar,
izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. Loyiha asosidagi darslarning
boshqa usullardan
farqi shundaki, o'quvchilar axborotlarni izlab topib,
qayta
ishlab, umumashtirib o'zlari himoya qiladilar.
Dars loyihalari individual va guruhlarga mo'ljallab tuziladi. Yakka
shaxsga qaratilgan loyihalarning afzalligi shundaki: umumo'quv-biluv
ko'nikmalarini egallashda o'quvchining o'quv mehnatiga shaxsiy mas’uliyati juda
yuqori bo'ladi. Chunki uning pirovard natijasi o'quvchi shaxsining o'zigagina
bog'liq bo'ladi.
Loyiha asosida guruhlarga bo'linib darsni tashkil etishda o'quvchilar orasida
o'zaro
hamkorlik, hamijodkorlik holatlari asosida ish yuritiladi va ishni
bunday asosda tashkil etishda dars samaradorligi kafolatlanadi. Har bir o'quvchi
o'zining bor qobiliyatini ishga soladi. Loyiha yechimini topishga faol kirishadi.
Loyihali darslarni tashkil
etish juda murakkab jarayon, bunda har bir
o'quvchining mustaqil ishlashini tashkil etish muammosi yotadi. Ya’ni
qaysi
vazifalarni o qituvchi bajarishi kerak, qaysilarini o'quvchilarning o'zlari xal
etishlari kerak va qaysilarini o'zaro hamkorlikda amalga oshirishni oldindan ko`ra
bilish kerak, bularning hammasi loyihada ko'zda tutilmog'i talab etiladi.
Loyiha asosida dars jarayonini olib borishda o'quvchining
imkoniyati,
qobiliyati, umumtayyorgarlik darajalari hisobga olinmog'i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: