Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
O'quv loyihaviy faoliyat - bu qo'yilgan vazifaga erishish, ta’lim
oluvchilar uchun muhim va aniq foydalanuvchiga mo'ljallangan biror-bir yakuniy ma’lumot ko'rinishida rasmiylashtirilgan, muammoni yechish uchun ta’lim oluvchilarning belgilangan izchillikdagi harakatlari majmuasi. 140 Tayyorgarlik bosqichi: loyihaga kirishish, loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish - auditoriya ishi. Loyihani bajarish bosqichi: auditoriyadan tashqari. Yakunlovchi bosqich: loyiha taqdimoti, o'quvchilar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi - auditoriya ishi. Kimyodan o'quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish: 1. Kimyo fani mavzusini va mazmunini tanlash. 2. Darsning o'quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish. 3. Darsning o'quv mazmunini ishlab chiqish beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash. 4. O'quvchi tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha, bilim, ko'nikma, malakalarni ifoda etish. 5. Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash. 6. Tushuncha, bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish. 7. Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish. 8. Nazariy olib borish, testlar, savollarni ishlab chiqish. 9. Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish. 10. Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish. Loyihali o'qitish faoliyati o'quvchining o'quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. Bunda; 1. O'qituvchi tomonidan taklif etilgan o'quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o'quvchilari tomonidan bajarilishi ko'zda tutiladi. 2. O'quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko'rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko'zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin. 3. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o'quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko'zda tutiladi. 141 4. Loyiha asosida o'quv faoliyatini tashkil etishga o'qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi. 5. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo' ladi. 6. Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli aniqlangan, o'quvchilar bilan uning ijro yo'llari va mexanizmlari kelishilgan bo'ladi. 7. Ayrim hollarda yuqori sinf o'quvchilarining xohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. 8. O'quv yili davomida o'rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod- birlashmalarda o'tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o'tkazish mumkin. Dars loyihalari o'zining davomiyligiga qarab: -kichik loyihalar (bir soatli); -qisqa muddatli loyihalar (4 soatga mo'ljallangan) -haftaga mo'ljallangan loyihalar; -uzoq muddatga mo'ljallangan loyihalar (ko'pincha bunday loyihalar darsdan tashqari ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi) bo'lishi mumkin. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o'qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o'ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o'quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O'quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o'qituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini o'tashi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to'g'ri yo'lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilishi kerak. Kimyo fanini loyiha usulida o’qitish (sinfdan tashqari mashg’ulotlarda) uchun quyidagi taxminiy mavzularni keltirish mumkin. 1. Kimyoning rivojlanish istiqbollari. 2. Kimyo tarixi. 142 3. Gugurt tarixi. 4. Koinotda suv. 5. Kimyo-zarar yoki foydali. 6. Kimyo va virtual dunyo. 7. N°... kimyoviy elementning ochilish tarixi. 8. Alkimyodan zamonaviy kimyogacha. 9. Kimyo va san’at. 10. Kimyo va adabiyot. 11. Kimyo va ekologiya. 12. Atmosferaning ifloslanishi. 13. Shahar oqava suvlarining analizi. 14. Atrofimizdagi kimyo. 15. Fotografiya va kimyo. 16. Kimyo va narkotik moddalar. 17. Dezodarantlar va ozon himoya qoplami. 18. Yerda va koinotdagi moddalar. 19. Kompleks birikmalar tibbiyotda. 20. Sog’liq, g’o’zallik va kimyo. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling