Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


sinovdan oʻtkazish nazarda tutilmagan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

sinovdan oʻtkazish nazarda tutilmagan
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish 
nazarda tutilgan. 
Kimyo fani ham tabiiy fanlar qatoriga kirganligi uchun va maktablarda 7-
sinfdan o`qitilishini inobatga oladigan bo`lsak, o`quvchilar bilimini baholashda 
asosan PISA va TIMSS testlaridan foydalanish maqsadga muvoviqdir. Quyida 
ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 
Tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash bo‘yicha topshiriqlardan namuna 
KISLOTALI YOMG‘IRLAR 
Quyida keltirilgan rasmda 2500 yil avval Afinadagi Akropolda barpo
etilib, Kariatidalar deb nomlangan haykallar tasvirlangan. Bu haykallar marmar 
degan tog‘ jinsidan yasalgan. Marmar tarkibiga kalsiy karbonat kiradi. 
1980 yilda asl haykallar Akropol muzeyiga ko‘chirilibdi, ularning
nusxalari bilan almashtirildi. Asl haykallar kislotali yomg‘irlar ta’sirida yemirilgan 
edi. 
PISA sinovlari 
usulari
Bir javobli
testlar
Qisqa yoki batafsil 
javob yoziladigan 
savollar
Biror 
muammoning 
yechimi boʻyicha 
oʻquvchi fikri 
Bir nechta 
 javobli testlar


154 
1-savol: Oddiy yomg‘ir biroz kislotalidir, chunki u havodan kam miqdorda 
karbonat angidridni yutib oladi. Oddiy yomg‘irga nisbatan kislotali
yomg‘irlarning kislotaliligi yuqori, chunki u karbonat angidriddan tashqari
oltingugurt oksidi va azot oksidlarini ham yutadi. 
Havoga oltingugurt oksidi va azot oksidlari qayerdan keladi? 
2-savol: Kechasida sirka kislotaga solinishidan avval marmar bo‘lakchasining 
massasi 2,0 g ga teng edi. Ertasiga bu bo‘lakcha sirka kislotadan olinib, 
quritildi. Quritilgan marmar bo‘lakchasining massasi nechaga teng bo‘ladi? 
A 2,0 g dan kam B roppa-rosa 2 g 
C 2,0 va 2,4 g oralig‘ida D 2,4 g dan ortiq 
3-savol: Ushbu tajribani o‘tkazgan o‘quvchilar marmar bo‘lakchasini 
shuningdek, toza (distillangan) suvga ham bir kechaga tushirib qo‘ydilar. 
Bu tajribani o‘quvchilar nima uchun o‘tkazganini tushuntiring. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling