149
Adabiyot manbalari ustida ishlash. Metodist o`qituvchi kimyo o`qituvchilarning
darsini analiz qilish uchun adabiuot manbalari bilan tanish bo`lishi kerak. Adabiyot
manbalarni uozib olishi, ulardan kartochkalar tuzishi va yangiliklarni o`zlashtirib
olishi zarurdir.
Demak, kimyo o’qituvchisi mehnatigni ilmiy tashkil qilishga o’quv-
tarbiyaviy jarayonlarni aniq rejalashtirish, o’qituvichining ilmiy –
metodik
adabiyotlar bilan o’z ustida ishlashi, ilg’or pedagogik ish tajribalarini o’zlashtirib
olishi, o’z ishining samaradorligini aniqlash uchun pedagogik eksperiment
o’tkazish metodlarini yaxshi egallab olishi, doimo ijodiy izlanishda bo’lishi,
o’quvchilar mehnatini yengillashtirish va samaradorligini oshirish yo’llarini
egallashi kerak.
Nazorat savollari
1. Kimyo darsligi muhim ta’lim beruvchi vosita ekanligini asoslab bering.
2. Darslikning o`quv mazmunida qanday didaktik birliklar bo`lishi kerak?
23-§. Xalqaro baholash dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib
borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy
gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash,
ularning bilim,
koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro
mezon va talablar asosida baholash
tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro
tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli
yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,
agentliklar, ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
“Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro ta dqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori
bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim
sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha
150
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga,
taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari
belgilandi:
Do'stlaringiz bilan baham: