Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-sinf Organik kimyo A.Mutalibov, E.Murodov, S.Masharipov, H.Islomova 11-sinf
Maktab kimyo darsliklari:
Sinf Darslik nomi Mualliflari 7-sinf Anorganik kimyo I.R.Asqarov, N.X. To‘xtaboyev, K. G`. G`opirov 8-sinf Anorganik kimyo I.R.Asqarov, N.X. To‘xtaboyev, K. G‘. G‘opirov 9-sinf Anorganik kimyo I.R.Asqarov, N.X. To‘xtaboyev, K. G‘. G‘opirov 10-sinf Organik kimyo A.Mutalibov, E.Murodov, S.Masharipov, H.Islomova 11-sinf Umumiy kimyo S.Masharipov, A.Mutalibov, E.Murodov, H.Islomova Maktab darsliklaridan namunalar: Kimyo o`qituvchisi faqat maktab darsliklari bilan chegaralanib qolmasdan, fanga oid qo`shimcha metodik adabiyotlardan ham foydalanib borishi zarur. Kimyo o`qituvchilari foydalnishlari mumikin bo`lgan qo`shimcha adabiyotlardan namunalar keltirib o`tamiz. Bu adabiyotlardan kimyo oqituvchilari o`zlariga zarur bo`lgan metodik va amaliy yordam olishlari mumkin. Masalan, 147 O`qitishning ko`rgazmali og`zaki bayon etish metodlari o`qituvchining nutqi bilan o`quv jarayonida ko`rgazmalilikning turli vositalaridan foydalanib dars o`tishni ko`zda tutadi. O`qitish metodlari didaktik vositalariga ma’lum talablar qo`yadi. Masalan, namoyish qilinadigan eksperiment va natural ob’ektlar (masalan, reaktivlar) moddalarning xossalarini va kimyoviy reaksiyaning tashqi alomatini o`rganishga katta yordam beradi. Modellar, chizmalar, grafiklar, shuningdek, moddaning formulasi va jarayonlarni ifodolovchi tenglamalarni tuzish, jarayonlarning mohiyatini tushunishga, moddalarning tarkibi va tuzilishini o`rganishga, kuzatilgan hodisalarni nazariy asoslashga yordam beradi. Turli didaktik maqsadlarda qo`llaniladigan diagrammalar, moddalarni ishlab chiqarishni ifodalovchi plakatlar, kristal panjaralar modellari, jadvallar va plakatlarning afzalligi shundan iboratki, ularni hamma vaqt o`quvchilarga qo`rsatish mumkin. Ulardan darsning har qanday didaktik bosqichida, ya’ni materialni o`rganishda, darsni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Kimyodan qo`llaniladigan ko`rgazmali qurollardan namunalardan ayrimlari keltiriladi: 148 Keyingi vaqtlarda ko`rgazmalilikning muhim vositalari bo`lgan ekran qo`llanmalari faol ishlatilmoqda. Ular quyidagi texnik vositalarni namoyish qilish uchun ishlatiladi: kinoapparat, diaproektor, epiproektor, grofoprektor, videomagnitafon, televizor va boshqalar. Texnik vositalari o`z-o`zicha o`qitish xossalariga ega bo`lmaydi, lekin ularsiz ekran qo`llanmalarini ishlatib bo`lmaydi. Ekran qo`llanmalari bilan jarayonlarni tasvirlarini ko`rishlari natijasida o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirilishi oshadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling