Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Namuna. Mavzu: Tuzlar. Topshiriq


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

Namuna. Mavzu: Tuzlar. Topshiriq: tuzlarning inson organizmiga 
ijobiy va salbiy ta’sirini baholang. 


175 
Ijobiy tomonlari Salbiy tomonlari 
Xulosa  
 
Atamalar zanjiri metodi 
Bu metod orqali o`quvchilar mavzularga oid asosiy tushuncha va atamalarni qay 
darajada o`zlashtirganliklarini tekshirib ko`rish mumkin. O`quvchilarda topqirlik, 
tezkorlik mahorati va mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi. 
Savollar
1. Anion nima? – Anion manfiy zaryadlangan ion 
2. Ion nima ? - Ion zaryadlangan zarracha 
3. Zarracha nima? – Elektron, neytron, proton zarrachalardir, ular atomlarni hosil 
qiladi. 
4. Atom qanday tuzilgan? – Atom musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida 
harakatlanuvchi manfiy zaryadlangan elektrondan iborat elektroneytral zarracha.
5. Atomlar birlashsa nima hosil bo’ladi? – 2 yoki 3 atomlar birlashib molekulani 
hosil qiladi. 


176 
6. Molekula nima? – Molekula moddaning xususiyatlarini o’zida saqlovchi eng 
kichik bo’lagi. 
7. Murakkab moddalarning eng muhim sinflari qaysilar? – murakkab 
moddalarning eng muhim sinflari oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar. 
8. Tuzlar 
dissotsiyalanganda qanday ionlar hosil bo’ladi? – Tuzlar 
dissotsiyalanganda kation va anionga ajraladi.
2-ilova 
Didaktik o`yinlardan namunalar 
Didaktik 
o`yinlar 
o`rganilayotgan 
ob`yekt, 
hodisa, 
jarayonlarni 
modellashtirish asosida o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlari, faolliklarini 
oshirishga xizmat qiladi.
Darsda o`quvchilarning o`quv mehnati faoliyatini tiklsh, charchog`ini 
yozish, kayfiyatini ko`tarish, dam oldirish uchun turli didaktik o`yinlardan 
foydalanish mumkin. Ularning ba`zilari bilan tanishtirib o`tamiz. 
Krossvord. Krossvord – inglizcha Crossword so’zlarning kesishuvi 
ma’nosini bildiradi. Mantiqiy tafakkurni o’stirish maqsadida o’quvchilar bilan dars 
va darsdan tashqari mashg’ulotlarda zaruriy bilim, ko’nikma, malakani 
takomillashtirish uchun tashkil qilinadigan boshqotirmalarning bir turi hisoblanadi. 
O’yinning qoidasi shuki, krossvord kataklarini matndagi savollar asosida 
to’g’ri javob topish, uni berilgan yo’nalishlar bo’yicha harf yoki raqamlar
yordamida to’ldirish asosida hal qilinadi. 
Yozilgan so’zlar berilgan shaklning eniga ham (gorizantal), bo’yiga ham 
(vertikal) yoziladi va bunda kesishgan kataklardagi harflar har ikkala yo’nalishdagi 
so’zlarga ham tegishli bo’ladi. Bu esa to’g’ri topilgan bir so’zning kesishgan 
kataklaridagi harflari 2-so’zning to’g’ri topilishiga yordam beradi. Kesishgan 
kataklardagi harf 2-so’zning o’rtasida ham, boshida ham kelishi mumkin. Namuna 
sifatida “Metallmaslar” mavzusi bo’yicha tayyorlangan kimyoviy krossvordni 
keltirib o’tamiz 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling