Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish 
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv 
universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq 
o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. 
O’quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish 
olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish 
lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar 
yuzasidan topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir 
o’quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o’z xissasini qo’shadi. Kichik 
guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda 
ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari natijasini 
e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara 
o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, 
yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar 
sinf jamoasining har bir o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga
kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan 
bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi 
bilimlarning o’zlashtirishiga bog’liq bo’ladi. 
O’qitishning 4 pog’onali usuli 
Bu usul AQSH da paydo bo’lib, sanoat korxonalarida konveyerli ishlab 
chiqarish ko’paygan sari shunday o’rgatish usullari zarur bo’lib qoldiki, ishchilar 
bir xilda qaytariladigan qo’l ko’nikmalarini iloji boricha tez va mukammal 
ravishda o’rganib olishlari kerak edi. Bu usulda amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish 
jarayoni 4 pog’ona doirasida kechadi. Bu pog’onalarning nomi: “Tushuntirish”, 
“Nima qilish kerakligini ko’rsatib berish”, “Ko’rsatilgan tarzda qaytarish”, “Mashq 
qilish”. 
O’qituvchi o’quvchilarga avval kichikroq bir ish bosqichini tushuntirib 
beradi, keyin nima qilish kerakligini qilib ko’rsatadi. So’ng o’quvchi shu ish 
bosqichini ko’rsatilgan tarzda qaytarishi (imitatsiya qilishi) kerak. O’quvchi
qaytarib qilayotgan paytida o’qituvchisi xatolarini to’g’rilab turadi (maqtaydi yoki 


118 
tanqid qiladi). Unday keyin esa shu ish bosqichi mashq tarzida o’quvchi uni 
mukammal o’zlashtirgunicha ko’p marotaba qaytariladi. Bu usul psixologiyada 
asoslangan bo’lib, bixeviorizm (ya’ni inson o’zini tutishiga oid) nazariyalardan 
olingan.
Bu usul kimyoni o`qitishda valentlik asosida formulalar tuzishda, turli 
moddalar o`rtasidagi genetik bog`lanishni ifodalashda reaksiya tenglamalarini 
tuzishda, ishlab chiqarish bilan boq`liq mavzularni yoritishda, masalalar yechishda,
amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida qo`llanilishi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling