Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar
Kimyoni o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komandada o`qitish.
- «Komandada o’qitish» tuzilmasi
- Zig-zag yoki arra”
- “Birgalikda o`qiymiz” metodi
Kimyoni o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
Kimyoni o’qitishda ham hamkorlikda o’qitish texnologiyasini qo`llash ta`lim sifati va samarodorligini oshirishda yaxshi natijalrni beradi. Dastlab, Hamkorlikda o’qitish texnlogiyasining turlari bilan tanishib chiqamiz. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o`quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud bo`lib, ular: 111 Komandada o`qitish. Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita (yoki uchta) komandaga ajratiladi. Har ikkala (yoki uchala) komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi. «Komandada o’qitish» tuzilmasi 112 Masalan, kimyo fanidan 9-sinfda “Uglerod va uning birikmalari” mavzusini komandada o`qitishda sinf o`quvchilari ikkita yoki uchta komandaga bo`linadi. O`qituvchi ularga bir xilda quyidagicha topshiriq beradi: Uglerodning tabiatda tarqalishi Uglerod allotropiyasi Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari Uglerod oksidlari Uglerodning tabiatda aylanishi O`quvchilar birgalikda ushbu berilgan topshiriqqa hamkorlikda ishlagan holda kerakli ma`lumotlarni yozadilar va komanda ishini taqdimot qiladilar. Hamkorlikda o`qitishning “Zig-zag yoki arra” metodi ham yogona bazaviy tamoyilga asoslangan: sif jamoasi kichik guruhlarga bo`linadi. Guruhning har bir a`zosi o`rganilayotgan mavzuning bir qismi uchun ekspertga aylanadi va boshqalarni o`qitadi. Har bir guruhning maqsadi shundan iboratki, guruhdagi barcha o`quvchilar mavzuni to`liq hajmda o`zlashtirishlari shart. Hamkorlikda o`qitishning “Birgalikda o`qiymiz” metodi. Buning uchun sinf o`quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo`lgan topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Guruhlar 113 o`z topshiriqlarini to`liq bajarishi natijasida o`quv materialining yaxlit o`zlashtirili- shiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy tamoyillari - komandani taqdirlash, o`quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga, samarali ta’lim-tarbiyaga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi. Hamkorlikda o`qitishning “Birgalikda o`qiymiz” metodining kimyo faniga “Tuzlarning olinishi va xossalari” mavzusiga tadbig`i Mazkur mavzu matni quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratiladi: 1. Tuzlarning olinish usullari 2. Tuzlarning fizik xossalari 3. Tuzlarning kimyoviy xossalari Shu qismlar bo`yicha kihik guruhlar uchun o`quvchilarning mustaqil ish topshiriqlari tuziladi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling