Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Kimyodan umumlashtiruvchi darslarda AKTdan foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

Kimyodan umumlashtiruvchi darslarda AKTdan foydalanish 
XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Endi o`quvchilarni odatiy, an`anaviy 
usullar bilan darsga jalb etish mushkul. Chunki ular internet orqali dunyoni 
anglayaptilar, oxirgi yangiliklardan xabardor bo`lyaptilar. Shu bois o`quvchilarni 
darsga qiziqtirish yo`llarini izlash, faqat darsliklar bilan chegaralanib qolmasdan
turli o`yinlar, guruhlarda ishlash uchun slaydlardan foydalanish zarur. Shunda 
pedagog ko`zlangan maqsadga erishadi. Haqiqatdan o’qituvchi Windows
operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point va boshqa 
maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini 
kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. Buning natijasida 
o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli 
tushunchani anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi. 
O`quvchilarning kimyo faniga qiziqishini oshirish uchun mashg`ulotlarda 
slaydlardan, videodarslardan, virtual laboratoriyalardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. “Murakkab moddalarning sinflanishi” mavzusini umumlashtirishda 
AKT dan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu darsda o`quvchilarning mavzu 
yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash va umumlashtirish uchun Power Point 
dasturida tayyorlangan taqdimot darsini e`tiboringizga havola etiladi. 
Darsni boshlanishidan oldin mavzu to`liq yoritilgan slaydlar tayyorlanadi. 
Mavzu ekran orqali namoyish etiladi.


105 
Murakkb moddalarning
sinflanishi mavzusiga oid
umumlashtiruvchi dars
Slaydning rang-barangligi o`quvchilarni ertaklar olamiga yetaklaganday
o`ziga jalb qiladi. Shundan so`ng “Murakkab moddalar olamiga sayohat” 
boshlanadi va slaydlar navbatma-navbat namoyish etiladi. Bunda anorganik 
moddalarning eng muhim sinflari oksid, asos, kislota, tuzlar haqidagi bilimlar 
takroran esga olinadi, o`quvchilar slaydlarda berilgan topshiriqlarni bajaradi. 
Ulardan ba`zilarini keltirib otamiz.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling