Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/130
Sana03.12.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1806621
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Bog'liq
KIMYONI OQITISHFDA ZAMONAVIY TEXOLOGIYALAR Oquv qollanma

Oksidlar-
biri kislorod
bo’lgan ikki elementdan
tashkil topgan murakkab
moddalarga aytiladi
Topshiriqlar o`qituvchi bilan birgalikda o`quvchilar bergan javoblari asosida 
bajariladi. Taqdimot shu tariqa bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. 
Quyidagi slaydda berilgan moddalardan asoslarni ajratib olinadi va ularni 
nomlanadi. 
Endi esa kislotalar haqidagi bilimlar takrorlanadi va ularga oid formulalar 
ajratib olinadi. Ulaning formulasi va nomini o`quvchilar daftarlariga yozib 
boradilar.


106 
Kislotalar
– tarkibida metall
atomlariga almashina oluvchi
vodorod atomlari hamda kislota
qoldig’idan iborat bo’lgan
murakkab moddalarga aytiladi
O`qituvchi tuzlarning formulasini aniqlab, malikaning saroyga kirishiga 
yordam bering, deya o`quvchilarni qiziqishini uyg`otish mumkin. Bunda 
o`quvchilar tuzlarni formulasini, ularning nomlanishini, tuzilishi va ishlatilishi 
haqidagi bilimlarini yana bir bor esga oladilar, o`qituvchi esa o`quvchilar mavzuni 
qay darajada o`zlashtirganliklarini bilib oladi.
Barcha topshriqlar to`g`ri bajarib bo`lingach, o`quvchilar rag`batlantiriladi va 
baholanadi. 
Barakalla!
 
Darslarda bunday ko`rinishdagi taqdimotlardan unumli foydalanish 
o`quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish, o`z fikrini bayon 
etish, uni himoya qila olish ko`nikmalarini rivojlantiradi va fanga bol`gan 
qiziqishini oshirishga yordam beradi. 

Kimyo fanining laborotoriya mashg`ulotlarini o`qitishda ham komp`yuterli 
dasturlarning o`rni beqiyosdir. Bu yerda o`quvchi komp`yuterdan laborotoriya 
mashg`ulotining yozma tavsiloti bilan tanishadi, xavsizlik texnikasi qoidalarini 


107 
o`rganadi. Keyingi bosqichda laborotoriya mashg`uloti uchun kerakli jihozlarni 
tanlaydi. Uning ishga yaroqligini komp`yuterlardan tekshirib oladi. 
Galdagi vazifa komp`yuterda laborotoriya jihozlarini yig`ish va ish 
holatiga keltirish. Laborotiriya jihozlari yig`ilib, texnika xafvsizligi qoidalariga 
amal qilinganidan keyin bevosita laborotoriya ishini komp`yuterlarda bajarishni 
boshlash mumkin. Buning uchun kerakli moddalar kerakli miqdorda
kimyoviy reaksiyaga kiritiladi va kutilgan sifat va miqdordagi kutilgan rangdagi
yangi xossalarga ega bo`lgan yangi kimyoviy modda olinadi. Olingan yangi 
moddaning sifatlari, kimyoviy ko`rsatkichlari, laborotoriya mashg`uloti
tafsilotida keltirilgan manbalarga solishtiriladi. Agarda, laborotoriya mashg`uloti 
uchun tayyorlangan yo`riqnomadagi ma`lumotlar yetarli bo`lmasa, o`quvchi 
darsliklarga, elektron darsliklarga murojaat qiladi. Masalan, atsetilenning olinishi 
tajribasi bunga misol bo`la oladi. 
Xulosa qilib aytganda, kimyo fanini komp`yuter dasturlarida o`rganish 
quyidagi afzalliklarga ega ekanligi o`z tasdig`ini topdi: 
Birinchidan: O`quvchilar kimyodan laborotoriya mashg`ulotini mustaqil 
bajarishadi. Natijada o`quvchilarda o`z-o`ziga ishonchi, mustaqil fikrlash darajasi 
oratadi. 
Ikkinchidan: Laborotiriya mashg`ulotlarini bajarishda texnika xavsizligi
qoidalari aniq bajariladi, aks holda komp`yuter o`quv faoliyatini to`xtatishgacha 
olib boradi.


108 
Uchinchidan: Maktab va AL o`quvchilarini kimyo dasturlarini
komp`yuter dasturlari asosida o`rganish jarayonida qimmatli kimyoviy modda va 
reaktivlar iqtisod qilinadi. 
To`rtinchidan: O`quvchilarning komp`yuterda mustaqil ishlash bilim va
ko`nikmalari aniq misollarda mustahkamlanadi 
Kimyo 
o’qitishda 
kimyoviy 
eksperimentdan 
foydalanish 
dars 
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Lekin kimyoning ko’pgina 
nazariy masalalarini jumladan, atom tuzilishi va kimyoviy bog’lanish kabi 
jarayonlarni o’qitishda eksperimentdan foydalanish imkoniyati yo’q. 
An’anaviy vositalar bilan ko’rsatib bo’lmaydigan mavzuga oid ko’pgina 
jarayonlarni multiplikatsiya qilib kompyuter darsi elektron versiyasiga kiritish va 
uni komp`yuter darsi davomida ekranda namoyish qilib ko’rsatish o’quvchilarning 
darsga bo’lgan qiziqishlarini keskin orttiradi. Yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling