Men” kontseptsiyasi-Insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi. Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat


Download 50.98 Kb.
bet9/29
Sana16.04.2023
Hajmi50.98 Kb.
#1360434
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Glossariy (2)

ijtimoiy reabilitatsion yordam-bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog’ligini tiklashga qaratilgan yordam.
ijtimoiy sog’lik-individning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi. ijtimoiy sog’likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
ijtimoiy tajriba-turli ko’nikmalar va malakalar, ___ va usullar, xulq-atvor normalari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajtibasi, adaptatsiya, o’z-o’zini anglab olish tajribalari majmuasi.
ijtimoiy tarbiya-shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni.
ijtimoiy tarbiyada yoshga ko’ra yondoshuv-inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.
ijtimoiy tarbiyaga individual yondoshuv-tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy ham individ darajasida inobatga olish.
ijtimoiy ta’lim- ijtimoiy bilimlarni va bolaning ijtimoiylashuviga ko’maklashuvchi ijtimoiy ko’nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.
ijtimoiy ta’minot-davlat moddiy ta’minoti tizimi va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko’rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimi.
ijtimoiy terapiya-davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, shu jumladan diniy tashkilotlarning ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir shakllariga amaliy ta’sir qilish jarayoni.
ijtimoiy texnologiya-turli ijtimoiy muammolarni yechish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari tomonidan qo’llaniladigan vosita, metod va ta’sirlar majmuasidir. ijtimoiy pedagog faoliyatining zahirasida 4 turdagi ijtimoiy texnologiyani kuzatish mumkin: ijtimoiy ishga tegishli, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy tibbiy, ijtimoiy pedagogik.

Download 50.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling