O’zaro munosabatlar-jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O’z-o’zini anglash-inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.
O’z-o’zini tarbiyalash-insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.
Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yyetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Avtonomlashuv-(avtova homus (yunon)-qonun) o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish.
Adaptatsiya-insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Anamnez-ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi. Anomaliya-jism yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan ancha og’ish.
Anomal bolalar-normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzulishlar bo’lgan bolalar. Ularni yengib o’tish maxsus uchun maxsus metodlar talab qilinadi.
Affektiv buzilishlar-emotsional sohaning buzilishi bo’lib, kuchli asabiylashish, asabiylashish darajasining tushib ketishida namoyon bo’ladi. (opatiya, befarqlik). Bular markaziy nerv sistemasining funksional va organik buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
Bevositalik-inson va uning vaziyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va buni
namoyish qilish.
Bir shaxsning boshqasiga ta’sir o’tkazishi-ong, iroda, xis-tuyg’u orqali inson faoliyati va
xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish. U ishontirish, emotsional yuqtirish orqali
amalga oshiriladi. Ta’sir bir odam tomonidan ikkinchi odamni (uning
qarashlari, tasavvurlari) o’zgartirish jarayoni va natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |