Bola-18 yoshga to’lmagan shaxs.
Bolalar ichkibozligi-bolalar deviant xulq-atvori shakllaridan biri bo’lib, ichkilikka
patologik ruju qo’yish bilan xarakterlanib, shaxsning ijtimoiy degratatsiyasiga olib keladi.
Bolalar jinoyatchiligi-salbiy ijtimoiyhuquqiy hodisa bo’lib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish- ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikka olish-bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash-qonunchilik va bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyada mustahkamlangan voyaga yetmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar kompleksidir. 122
Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat. (M.A..Galaguzova)
Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.
Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi-uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qotilishi. Vasiylik-muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya
qilish.
Guruhning ijtimoiy psixologik iqlimi-guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi guruhdagi munosabatlarning dinamik maydoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |