Меќнат шартномаси
Download 77 Kb.
|
tashqi o`rindoshlik shartnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raximov Rasulbek Bakdurdiyevich
- II. Shartnoma mavzusi va muddati
- III. Shartnomaning umumiy shartlari
35- son MEHNAT SHARTNOMASI Xiva shahri 2022 yil «13» dekabr I. Mehnat shartnomasi tomonlari 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 19 iyuldagi PQ–5188-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 240-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Prezident ta’lim muassasalari agentligi nomidan ish yurituvchi Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori v.v.b Raximov Rasulbek Bakdurdiyevich (keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro Matyaqubova Muxabbat Egamovna (keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan - amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli qoidalari va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda mazkur mehnat shartnomasini (keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) tuzib, quyidagilarga kelishib oldilar: II. Shartnoma mavzusi va muddati 2.1. Xodim mazkur shartnomaga asosan Ogahiy nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi lavozimiga tashqi o‘rindoshlik asosida 2022-yil 13-dekabrdan ishga qabul qilinadi. 2.2. Shartnoma tashqi o‘rindoshlik bo‘yicha hisoblanadi. 2.3. Shartnoma asosiy xodim ishga qaytgunga qadar ya’ni 13.12.2022 yildan 15.12.2022 yilgacha tuzilgan shartnoma hisoblanadi. III. Shartnomaning umumiy shartlari 3.1. Xodim belgilangan tartibda amaldagi qonunchilik hujjatlari, Ogahiy nomidagi ijod maktabining ichki mehnat tartibi, odob-axloq qoidalari, nizomi, lavozim yo‘riqnomasi va boshqa lokal hujjatlarga asosan xizmat vazifalarini shaxsan bajaradi va ularga amal qiladi. 3.2. Xodimga Ogahiy nomidagi ijod maktabining shtat jadvaliga asosan belgilangan ish haqi to‘lanadi hamda boshqa qonun bilan taqiqlanmagan imtiyoz, rag‘batlantirishlar beriladi. 3.3. Ish vaqti soat _____ dan _____ gacha, tushlik ____ dan ____ gacha, haftada ___ kun. Ichki mehnat tartib-qoidasi bilan belgilanadi. (dars jadvali asosida) 3.4. Xodimning lavozimi bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi, uning miqdori Hukumat qarorlari hamda Ish beruvchining buyrug‘i asosida o‘zgartirilishi mumkin. 3.5. Xodimning ish haqi yuz foiz plastik kartochkaga o‘tkaziladi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling