Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш
Download 246.78 Kb.
|
Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi
Frezalash stanogi. Frezalash stanogi universal dastgoh bo‘lib, uning yordamida tilish, tirnoq chiqarish ishlari bajariladi, quloq, chok, konish, zakrov va boshqalar ochiladi. Frezalash stanogida bajariladigan ishning turiga qarab unga mos keskichlar (frezalar) ishlatiladi.
Frezalash stanogining asosiy qismlari: stanina, support, ish stoli, shpindel shkivi, almashinuvchi shpindeldan iborat. Stanina frezalash stanogining asosiy tutkich uzeli bo‘lib, uning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab vint yordamida support yuqoriga yoki pastga qarab suriladi. Support o‘zi bilan birga shpindelni suradi. Shpindelning yuqori qismi ish stolidan chiqqan bo‘lib, unga har xil frezalar o‘rnatiladigan almashinuvchi shpindel o‘rnatiladi. Shpindel shkivi harakatni tasma orqali elektr dvigateldan oladi. Almashinuvchi shpindelning yuqori qismi kronshteynga o‘rnatilgan podshipnikka kirib turadi. Frezalash ishlarini bajarishda ish stoli ustiga yo‘naltiruvchi chizg‘ich o‘rnatiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich ikki qismdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro xomut yordamida biriktirilgan bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichning shpindel markaziga nisbatan siljishiga qarab frezalar ishlanuvchi yog‘ochga turlicha botib, har xil chuqurlikdagi o‘yiqlar hosil qiladi Frezalash stanogida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish talab etiladi: frezalash vaqtida frezalanadigan yog‘och materialni ishdan chiqarib (ortiqcha yoyib) qo‘ymaslik uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarni mahkam va aniq o‘lchamda o‘rnatish talab etiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichning aniq o‘rnatilganligini tekshirish uchun oldin biror keraksiz taxtani frezalab ko‘riladi. -tirnoq chiqarish va quloq ochishda frezalar orasiga qo‘yiladigan halqalarni aniq tanlash kerak. Mos halqalar tanlanib frezalar o‘rnatilgandan so‘ng biror keraksiz taxtani frezalab ko‘rib, reja bo‘yicha frezalanganligi tekshiriladi yoki andaza yordamida tekshirib olinadi. frezalash vaqtida qo‘lni frezalarga yaqin tutmaslik kerak. dastgoh ishlab turgan vaqtda ish stolini arralashda hosil bo‘lgan to‘pondan tozalamaslik, yo‘naltiruvchi chizg‘ichni ishga sozlamaslik kerak. Bu ishlar dastgoh to‘xtatilgandan so‘ng bajariladi. frezalash vaqtida taxta materialni frezaning faylanish yo‘nalishiga (kesish harakatiga) qarama-qarshi surish kerak. aks holda taxtani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga jips tutib surish og‘irlashadi. Bu esa frezalashning bir tekis chiqmasligiga sabab bo‘ladi. Download 246.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling