Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш


Download 246.78 Kb.
bet7/12
Sana25.02.2023
Hajmi246.78 Kb.
#1231843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi

Disk arra. Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida yog‘och materiallarni arralashda disk arradan foydalaniladi. Disk arraning asosiy qismlari: stanina 1, plita 3, arra diski 4, yo‘naltiruvchi chizg‘ich 6 va arra to‘poni to‘plagich 12 dan iborat.
Stanina arraning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib, uning ustiga plita o‘rnatiladi. Plita dastgohning ish stoli hisoblanadi. Arralanadigan taxta material shu plita bo‘ylab suriladi. Plitadan arra diski chiqib turishi uchun unda ttirqish ochilgan bo‘ladi. Staninaga val o‘rnatilib, uning bir uchiga shkiv, ikkinchi uchiga arra diski mahkamlanadi. Arra diski arralanadigan taxta materialning qalinligiga va arralash usuliga qarab har xil diametrli, to‘g‘ri va qiyshiq tishli bo‘ladi.
Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiriladi. U minutiga 2000-3000 martagacha aylanadi. Arralash vaqtida hosil bo‘lgan to‘pon atrofni ifloslamasligi, ishchining ko‘ziga tushmasligi uchun to‘pon to‘plagichni past o‘rnatish va himoya ko‘zoynagi taqib ishlash, dastgohda hamma vaqt ikki kishi turib arralashi, Yog‘ochni
surib turuvchi odam uni oxirigacha qo‘l bilan surmasligi talab etiladi.
Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda zakrov, chok, konish ochish ishlari ham bajariladi. Bu maqsadda vintlar yordamida plitani ko‘tarish yoki
tushirish yo‘li bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi qismini yo‘naltiruvchi chizg‘ich bilan arra diski orasidagi masofa zarur o‘lchamga sozlanadi.
Randalash stanogi. Yog‘och materiallarni qo‘lda randalash bilan bir qatorda randalash stanogi yordamida ham randalanadi. Randalash stanogi stanina 9 ustiga o‘rnatilgan oldingi 7 va ketingi 2 plitalardan iborat, plitalarning orasida val 5 aylanadi.
Randalash stanogini ishga sozlashda tig‘lar ketingi plita tekisligiga moslab o‘rnatiladi. Yupqa yoki qalin payraxa olish oldingi plitani richag 4 yordamida ketingi plitaga nisbatan oz yoki ko‘proq tushirish yo‘li bilan sozlanadi.
Randalash vaqtida randalanadigan taxta material oldingi plitadan ketingi plitaga qarab suriladi. Bunda kesish yo‘nalishi (tig‘ning aylanishi) bilan surish (taxtaning harakat yo‘nalishi) hamma vaqt bir-biriga qarama-qarshi bo‘ladi.
Randalash stanogida taxta materialning bir tekis randalanishini ta’minlash uchun uni oldingi plitaga jips holda suriladi. Taxtalarning chetlarini “bet”ga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida (go‘niyaviy) randalash uchun uning “bet” qismi yo‘naltiruvchi chizg‘ich 3 ga jips holda tutib surib boriladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichni plitalarga nisbatan turlicha burchak hosil qilib joylashtirish bilan taxta chetlarini “bet”ga nisbatan har xil burchak hosil qilib randalanadi. Yupqa taxtalarni randalashda (umuman har qinday qalinlikdagi taxta randalanishidan qat’i nazar) panja yoki kaft tig‘ga tushib qolmasligi uchun surish ishi moslamalar yordamida bajariladi. Randalash vaqtida val ostida payraxaning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uni vaqt-vaqti bilan tozalab olib turiladi. Tozalash dastgohni elektr tarmog‘idan uzib, val harakatdan to‘xtagandan so‘ng olib boriladi.
Tig‘lar o‘tmaslanib qolganda ularni valdan chiqarish va o‘tkirlagandan so‘ng qayta o‘rnatish yoki yangi tig‘lar almashtirishda elektrik dvigatelini faqat dastgohning o‘ziga montaj qilingan kalit yordamida uzish bilan kifoyalanmasdan, balki shchitdagi rubilnikni uzib qo‘yishga alohida e’tibor beriladi yoki bu vaqtda shkivdan tasmani chiqarib qo‘yiladi.

Download 246.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling