Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш


Download 246.78 Kb.
bet5/12
Sana25.02.2023
Hajmi246.78 Kb.
#1231843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi

Ishning metodi: tadqiqot muammosiga bag‘ishlangan ilmiy metodik adabiyotlar hamda o‘quv-meyoriy hujjatlarni tahlil qilish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, suhbat, kuzatish, reyting, test, pedagogik tajriba-sinov va natijalarni matematik-statistik qayta ishlash.
Ishning nazariy ahamiyati: Umumta’lim maktablarning mehnat ta’limi yog‘ochlarga ishlov berish yo`nalishi texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirish metodikasi asoslari ishlab chiqilishi; muammoga oid tushunchalarning aniqlashtirilishi va asoslanishi; mehnat ta’limi yog‘ochlarga ishlov berish yo`nalishi texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirishning tashkiliy modelini amalga oshirish doirasida pedagogika instituti talabalari intellektual qobiliyatini rivojlantirishning struktur unsurlari belgilanishi.
Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan xulosa va tavsiyalar, tajribada sinalgan metodikalar va modellardan pedagogik faoliyatning asoslangan va amaliy jihatdan shakllanish darajasini o‘rganishda, shuningdek, maktab o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga samarali yondashuv darajasini o‘rganishda foydalanish mumkin.

Ishning ilmiy yangiligi:


  • asoslangan, nazariy va amaliy unsurlarni o‘z ichiga olgan umumta’lim maktablarning mehnat ta’limi yog‘ochlarga ishlov berish yo`nalishi texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirishning metodikasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi.

  • umumta’lim maktab doirasida mehnat ta’limi yog‘ochlarga ishlov berish yo`nalishi texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirishning tashkiliy masalalari yoritildi;

  • umumta’lim maktablarning mehnat ta’limi yog‘ochlarga ishlov berish yo`nalishi texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirishning tashkiliy ishlarining ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Asosiy qism.

2.1 Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi


Dastgohlar asosiy elementlarining xarakteristikalari. Yog'ochga ishlov berish dastgohlarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog'liq. Ba'zi dastgohlar yog'ochni arralash uchun, yana biri — randalash uchun, boshqalari-parmalab, teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo'lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Stanioklarning konstfuksiyasini o'zgartirish ularning elementlari konstruksiyasinmg prinsipial o'zgarishiga hamma vaqt ham sabab bo'lavermaydi. Shunga ko'ra dastgohlarning qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi dastgohlar va avtomatik liniyalarni tez o'zlashtirishga imkon beradi.
Dastgohlarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi. Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportiar, ish organlari, surish mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo'naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tiraklar kiradi, kesish asbobini charxlash, dastgohni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo'ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo'lib hisoblanadi. Ko'pgina dastgohlar dastgoh yoniga o'rnatiladigan mexanizmiar — zagotovka bilan ta'minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o'tilgan elementlar kompleksi bilan hamma dastgohlar ham jihozlanavermaydi.
Stanina dastgohning asosi bo’lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim elementlari o'rtasida ta'sir kuchlarini, titrama nagruzkalarni hamda ishlov berilayotgan material nagruzkasini qabul qiladi.
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo'lis hi mumkin. Ularni ichini kavak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo'lgan torg'unlikni ta'minlab ta^yorlanadi. Staninalarning shakli va o'Jchamlari dastgohning vazifasiga hamda konstruksiyasiga bog'liq. Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish
organlari shpindellari, pichoqlar va arralar o'rnatiladigan vallari ana shu asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda ish organlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun, yoki uni mahkamlash va unga to'g'ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo'lmasa to'g'ri yo'nalishda surish uchun mo'ljallangan. G'o'labo'r arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish organlari — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya'ni g'o'labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qiladi.
Yog'ochga ishlov berish tokarlik dastgohlari Tokarlik ishi deb yog'ochdan tayyorlanadigan buyumni o'zi o'qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo'nib ishlov berish usuliga aytiladi, Bu usulda tayyorlangan mahsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik dastgohlari yordamida bajariladi. Ular yordamida yog'ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma sirtlar shaklida ishlov beriladi maktab ustaxonasida STD-120 rusumidagi yog'ochga ishlov berish tokarlik stanogining umumiy tuzilishi 25-rasmda tasvirlangan. Bu dastgoh quyidagi asosiy qisralardan tashkil topgan, 1-asos, 2-dvigatel, 3-tasmali uzatmaning himoya to'sig'i, 4-stanina, 5-magnitni ishga tushirgich, 6-yoritgich, 7-oldingi babka, 8-shaffof himoya oy nasi. Bu dastgoh ishlov beriladigan rnaterialni oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o'rta tishli markazi orasiga mahkam o'rnatiladi.
Bunda orqa babkaning korpusini staninaning yo'naltiruvchisi bo'ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga mahkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va qisqichlar yordamida o'rnalish moslamasi bo'lgan diskdan iborat.
O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida o‘quvchilar qo‘l mehnatini engillashtiradigan yoki qo‘l mehnatidan ozod qiladigan, kam vaqt, oz mehnat va mablag‘ sarflab ko‘plab mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish imkonini beradigan yog‘och ishlash dastgohlarining turlari, tuzilishi, vazifasi, ularni ishga sozlash, ish vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan ham tanishtiriladi va bu dastgohlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
o‘tkazilib, ularda dastgohlarni boshqarish va ishlash bo‘yicha mehnat malakalari hosil qilinadi.
Duradgorlik o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida yog‘och ishlash tokarlik, arralash, randalash, frezalash, parmalash, o‘yuvchi va boshqa turdagi yog‘och ishlash dastgohlari o‘rnatiladi.
Yog‘och ishlash dastgohlari o‘quv ustaxonalarining sahni va xonalarning soniga qarab, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, turlicha joylashtiriladi.

Download 246.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling