Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш
Download 246.78 Kb.
|
Yog’ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parmalash stanogi.
O‘yuvchi dastgoh. Yog‘och materialni o‘yish-teshish ishlari iskanalar bilan bir qatorda dastgohlar yordamida ham bajariladi. Bu ishlarda o‘yuvchi dastgohlardan foydalaniladi. O‘yuvchi dastgoh yordamida yog‘och materiallarni har xil burchak ostida o‘yish, teshish, quloq ochish kabi ishlarni bajariladi.
Rasmda I-1 o‘yuvchi dastgoh ko‘rsatilgan. Uning asosiy qismlari tayanch rama 1 va unga o‘rnatilgan ikkita vertikal kolonka 2, kolonkalar bo‘ylab suriluvchi elektrik dvigatel 3dan iborat. Elektrik dvigatelning valiga o‘rnatilgan etakchi yulduzcha 4 ga kesuvchi zanjir 5 kiydiriladi. Kesuvchi zanjir elektr dvigatelning korpusiga o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi planka 7 yordamida taranglanadi, bolt 6 bilan qaytariladi. Yo‘naltiruvchi plankani vertikal yo‘nalishda siljitish mumkin. Ish vaqtida kesuvchi zanjir elektrodvigatel bilan birgalikda pastga tushiriladi. Buning natijasida o‘yish, teshish ishlari bajariladi. Ma’lum chuqurlikdagi uya o‘yish uchun kolonkalardan biriga o‘rnatilgan cheklagich halqa 8 dan foydalaniladi.Kesuvchi zanjir o‘zaro sharnirlar yordamida biriktirilgan bir necha ayrim zanjir qismlaridan iborat. O‘yuvchi dastgoh komplektida eni har xil bo‘lgan to‘rtta kesuvchi zanjir bo‘ladi. Ular yordamida chuqurligi 150 mm gacha bo‘lgan 8X40, 12X40, 16X40, 20X55 mm kenglikdagi teshiklar ochish va uyalar o‘yish mumkin. O‘lchamlari bundan katta bo‘lgan uya va teshiklar ochishda Yog‘och kesuvchi zanjirga nisbatan bo‘ylamasiga yoki ko‘ndalangiga suriladi. Parmalash stanogi. Parmalash stanogi slesarlik ishlarida metall materiallarni parmalash uchun mo‘ljallangan, lekin undan yog‘och materiallar parmalashda ham foydalanish mumkin. Dastgohda parmalash kolovorot va drel yordamida parmalashga qaraganda birmuncha qulay. Parmalash stanogi plita 1, kolonka 2 va unga o‘rnatilgan konsol 3 dan iborat. Konsol reykali uzatma yordamida kolonka bo‘ylab vertikal yo‘nalishda siljiydi. Konsol bilan birgalikda unga o‘rnatilgan elektrodvigatel 4 va shpindel 5 harakatlanadi. Parmalanadigan yog‘ochning qalin-yupqaligiga qarab konsolni kolonka bo‘ylab plitaga yaqinlashtirish yoki undan uzoqlashtirish mumkin. Shpindelga sangali patron 8 o‘rnatilib, unga kerakli diametrdagi silindrik quyruqli parmalar qotiriladi. Konussimon quyruqli parmalar bevosita shpindelning o‘ziga kiritib qotiriladi. Shpindel konsolga nisbatan dasta 6 yordamida reykali uzatma bo‘ylab suriladi. Shpindelga pog‘onali shkiv kiydirilgan. Shkiv elektrodvigateldan harakatga keltiriladi, uning yordamida shpindelning aylanish sonini o‘zgartirish mumkin. Charx. O‘quv ustaxonalarida ishlatiladigan ba’zi asboblar ish jarayonida o‘tmaslashib qoladi, ularni o‘tkirlash, ishga sozlash maqsadida charxlash ishlari bajariladi. Har qanday yangi keskich asboblar charxlash yo‘li bilan o‘tkirlanadi. Charxlash elektr charxlar yordamida bajariladi. Charxlarga o‘rnatiladigan toshlar halqa shaklidagi abraziv materiallardan iborat. Abraziv materiallar qattiqligi yuqori bo‘lgan donalardan iborat bo‘lib, ularning maydalangan donachalari o‘tkir qirrali bo‘ladi. Bu o‘tkir qirrali donalarni biriktirish natijasida hosil qilingan charxtoshlar o‘zidan yumshoq materiallarni charxlaydi, ya’ni yupqa metall qirindi chiqarib o‘tkirlaydi. Charxtoshlar elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Elektr charxlarda toshning aylanish tezligi katta bo‘lib, charxlash vaqtida uchib ketish hollari uchrab turadi. Buning oldini olish maqsadida charx toshlari valga planshaybalar yordamida puxta o‘rnatiladi. Charxtoshni valga o‘rnatganda uning bir tekis aylanishiga e’tibor beriladi. Yorilgan yoki darz ketgan va chetlari uchgan toshlardan foydalanilmaydi. Elektr charxlarda charxlashda shikastlanmaslik uchun ishlayotgan odam toshning yon tomonida turib charxlashi lozim. Shuningdek, tosh ishlayotgan odamga yoki tig‘ga qarama-qarshi tomonga aylanishi kerak. Aks holda charxlash vaqtida uchib chiqqan kukun ko‘zga zarar etkazadi. Bundan qat’i nazar himoya ko‘zoynagi taqib ishlash yoki dastgohka o‘rnatilgan himoya oynagini tushirib olish, kukun xonadan tashqariga chiqarib yuboriladigan bo‘lishi kerak. Elektr charxlarda tirgak bor, ishchi qo‘lini unga tiragan holda tig‘ni toshning o‘ng va chap chetlariga surib charxlash ishini bajaradi. Agar tig‘ni surib turmasdan bir joyda tutib turilsa, tosh o‘yiladi va charxlash tekis chiqmaydi. Tirgak bilan tosh orasidagi 2-3 mm masofa qoldirib o‘rnatilishi kerak. Charxlash jarayonida toshning diametri kichiklashib, tirgak bilan tosh orasidagi masofa kattalasha boradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan tirgakni toshga yaqinlashtirib boriladi. Download 246.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling