113. Imidj tushunchasi.
Menejerning imidji. Menejerning imidji — uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o‘ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutlaq ta’riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishni maqsadga qaratilgan holda tashkil etilayotgan va qollab-quvvatlanayotgan uslubi hamda menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil etadi. «Imidj» — inglizcha so‘z bolib, «obraz», «shuhrat»ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va stereotip xarakterga ega bolgan hissiyotli bo‘yalgan obrazidir. 0 ‘zining imidji haqidagi g‘amxo‘rlik bu uni kishilar ongida gavdalanishi, o‘zini o‘zi namoyon etishidir. Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash) ga yaqinroq boladi, ammo o‘z ichiga shaxsning nafaqat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |