Menejment boshqaruv ilmi


Download 0.59 Mb.
bet7/9
Sana12.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1089825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.2 menejment

Respublika Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab respublika shaharlaridagi qator rahbarlari malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborildi. Bu ko‘rilgan tadbirlar respublikamiz korxonalarida bozor munosabatlariga javob beradigan rahbarlarni tayyorlashga imkon yaratdi. Respublikadagi o‘ta qobiliyatli talabalarni rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ilmgohlariga o‘qitishga yo‘llash hamda qobiliyatli yoshlarni qo‘llabquvvatlash maqsadida Respublikamiz Prezidentining «Umid» jamg‘armasi tashkil etilishi shu tadbirlardan biridir.Hozirda esa prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga katta imkoniyatlar yaratildi.Yosh yigit qizlarimiz rahbar bo’lib davlatimizning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

  • Respublika Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab respublika shaharlaridagi qator rahbarlari malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborildi. Bu ko‘rilgan tadbirlar respublikamiz korxonalarida bozor munosabatlariga javob beradigan rahbarlarni tayyorlashga imkon yaratdi. Respublikadagi o‘ta qobiliyatli talabalarni rivojlangan xorijiy davlatlar oliy ilmgohlariga o‘qitishga yo‘llash hamda qobiliyatli yoshlarni qo‘llabquvvatlash maqsadida Respublikamiz Prezidentining «Umid» jamg‘armasi tashkil etilishi shu tadbirlardan biridir.Hozirda esa prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga katta imkoniyatlar yaratildi.Yosh yigit qizlarimiz rahbar bo’lib davlatimizning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

Boshqarish nazariyasini bir necha tarixiy davrlarga bo‘linishi

  • I davr — qadimiy davr.
  • U eramizdan oldingi 9—7 minginchi yillardan taxminan XVIII asrgacha bo‘lib, eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan.U bilimning mustaqil sohasi bo‘lib ajralgunga qadar, insoniyat boshqarish tajribasini zarralab yig‘a boshladi. Birgalikda mehnatni tartibga solish va tashkil qilishning eng birinchi, oddiy, boshlang‘ich shakli ibtidoiy jamoa tizimi bosqichida mavjud bo‘lgan. Bu davrda boshqarish urug‘, jamoa, qabila a’zolari bilan birgalikda maslahatlashib amalga oshirilgan. Urug‘ va qabila sardorlari va oqsoqollari bu davrdagi boshqarishning boshlang‘ich asoslarini o‘zlarida mujassamlashtirganlar. Shu davrlarda Yaqin Sharqning ba’zi joylarida o‘zlashtirish xo‘jaligidan (ov, mevalar terish va h. k.) mahsulot olishning prinsipial yangi shakliga — ularni ishlab chiqarishga o‘tish amalga oshirildi (ishlab chiqaruvchi, iqtisod). Ishlab chiqaruvchi iqtisodga o‘tish menejment yaratilishining boshlang‘ich nuqtasi va kishilar tomonidan boshqarish sohasida ma’lum bilimlarni to‘plash bosqichi bo‘ldi.
  • Qadimiy Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha boy tajriba to‘plandi.Bu davrda (eramizdan avvalgi 3000—2500-yillar) yetarli darajada rivojlangan davlat boshqarish apparati va unga xizmat qiluvchi qatlam (amaldor-mirzalar) shakllandi. Birinchilar qatori boshqarishga faoliyatning alohida sohasi sifatida tavsif bergan SUQROT dir (eramizdan avvalgi 480—397-yillar). U boshqarishning turli shakllarini tahlil qilish asosida boshqarishning universallik prinsipini tadqiq qildi. PLATON (eramizdan avvalgi 428—394-yillar) davlat boshqarish shakli klassifikatsiyasini yaratdi. Boshqarish organlari funksiyalarini chegaralashga harakat qildi. ALEKSANDR MAKEDONSKIY (eramizdan avvalgi 365—323-yillar) harbiylarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi. Keltirilgan materiallar boshqarish sohasida bilimlarni to‘plash jarayonini u yoki bu tomondan tavsiflasada, barcha voqealar va sanalarni qamrab ololmaydi, ammo ushbu sharh yangi fan va san’at menejmentning boshlang‘ich rivojlanish bosqichida nimalarga e’tibor berilganligini tasavvur qilish imkonini beradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling