"Menejment" fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib 4-semestrda o’qitiladi


-Mavzu. Fanning nazariy mashgulotlari mazmuni


Download 31.54 Kb.
bet2/5
Sana11.05.2023
Hajmi31.54 Kb.
#1454487
1   2   3   4   5
Bog'liq
MENEJMENT 1-MAVZU

1-Mavzu. Fanning nazariy mashgulotlari mazmuni
“Menejment” - iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u davlat, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmapar), ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqdagini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Tayanch iboralar: “Menejment”, boshqarish, naf, baho, menejment ob`yekti, menejment sub`yekti.
Menejment fanining mazmuni va mohiyati.
Menejment- bu ingilizcha so`z bo`lib , ingliz tilining Oksford lug`atida berilgan tarifga binoat u:

  • boshqaruv hokimiyati va san`ati:

  • resurslarni boshqarish buyicha alohida mohirlik va ma`muriy ko`nikmalar tushuniladi.

Boshqacha so`z bilan aytganda , menejment – bu boshqaruv, ya`ni resurslarni, odamlarni boshqarish , samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko`paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o`ziga xos yuksak san`at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to`g`risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:

Boshqaruv

- Yuksak san`at va mahoratni talab qiluvchi tanlov
- Mustaqil fan
- Faoliyat turi , funkttsiya
- Jarayon
- Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar
- Boshqaruv apparati yoki organi

Menejment

Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to`g`ri bajara olishga, maqul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog`liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo`yicha to`g`ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-chizma).



Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling