"Menejment" fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib 4-semestrda o’qitiladi


-jadval. Menejment ob`yekti va sub`yekti


Download 31.54 Kb.
bet5/5
Sana11.05.2023
Hajmi31.54 Kb.
#1454487
1   2   3   4   5
Bog'liq
MENEJMENT 1-MAVZU

1.1-jadval. Menejment ob`yekti va sub`yekti



Menejment

Ob`yekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)

Sub`yekti (boshqaruv organi, rahbarlik)

1

2

3

I-Makrodarajada.

1

2


3

Mamlakat (respublika)

Viloyat

Tuman (shahar)


  • Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)

  • ijro etuvchi hokimiyat (O`zR Vazirlar Mahkamasi)

  • Sud hokimiyati.

  • QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari.

  • QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari.

  • QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari

  • Tuman (shahar) xalq deputatlari

  • Tuman (shahar) lar hokimliklari

- Tuman (shahar) sudlari

II-Megodaraja

4

5


Kontssern (ko`p tarmoqli korporatsiya)
Sektor (tarmoq)

  • Qo`mitalar va ularning raislari

  • Vazirliklar va vazirlar

III-Mikrodaraja

6

7


8

9


10

Korxona (firma) , korporatsiya

Xodimlar

Ishlab chiqarish

Samaradorlik


O`z-o`zini boshqarish



  • Jamoa kengashi va raislar, prezident

  • Korxona (firma) rahbarlari , bo`g`in boshliqlari

  • Korxona (firma) rahbarlari, bo`g`in boshliqlari

  • Korxona (firma) rahbarlari , bo`g`in boshliqlari

  • Fuqarolar yig`ini rais (oqsoqol) lar

Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob`yekt va boshqaruvchi sub`yekt tizimlaridan tashkil topadi.




Menejment fani foydalanadigan usul (usul) lar.
Menejment fani voqelikni bilishga bag`ishlangan umumfalsafiy usullarni qo`llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob`yektni aks ettiruvchi, uni talqin yetishga yordam beruvchi ma`lumot (fakt) lar jamlab baholanadi. Bu ma`lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo`lishi mumkin. Bu boshqaruvchi idrok yetishdagi yempirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o`rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval).


1.2-jadval. Menejment fanining tahlil usullari.



Tahlil usullari

Mazmuni

1

Sistemali yondashuv

- Boshqariluvchi ob`yekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo`lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondashuv
- sistemali-funksional yondashuv
- sistemali-tarkibiy yondashuv
- sistemali-kommunikatsion yondashuv

2

Kompleks yondashuv

- Boshqariluvchi ob`yekt boshqa ob`yektlari bilan o`zaro bog`lanishda va aloqadorlikka qaraladi.

3

Tarkibiy yondashuv

- Boshqariluvchi ob`yekt tarkibiy qismlarga bo`lib o`rganiladi.

4

Vaziyat (situatsiya)li yondashuv

- Boshqariluvchi ob`yektning konkret sharoitida ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma`qul uslubi qo`llaniladi.

5

Integratssion yondashuv

- Boshqariluvchi ob`yekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar) ni birgalikda qo`llash yordamida boshqariladi.

6

Modellashtirish usuli

- Boshqariluvchi ob`yektni boshqarish bo`yicha turli sxema , grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.

7

Iqtisodiy-matematik yondoshuv

- Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo`llash.

8

Kuzatish usuli

- Boshqariluvchi ob`yekt to`g`risidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy , uyushtirilgan asosda to`plash usuli

9

Eksperiment (tajriba) usuli

- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob`yektga nisbatan namunaviy tajribadan o`tgan usullarni qo`llash.

10

Sotsiologik kuzatuv usuli

- Boshqarish maqsadida turli anketali so`rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o`tkazish.

Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog`liqlikda foydalanishni taqozo etadi.


Menejment fani boshqarish to`g`risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment , dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog`liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qo`llab, har bir xodimga va jamoaga ta`sir ko`rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot , mikroiqtisodiyot, statistika , istiqbolni belgilash. Mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog`liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini , boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo`lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o`rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog`langandir.
Nazorat savollari.

  1. Menejment nima?

  2. Menejment fani nimani o`rgatadi?

  3. Menejment ob`yekti va sub`yekti deganda nimani tushunasiz?

  4. Menejment fani qanday usul (usul) lardan foydalanadi?

  5. Menejment fani qanday fanlar bilan aloqador?

  6. Boshqarish ta`limotidagi to`rtta yo`nalish (maktab) to`g`risida nimalar deya olasiz?

Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling