Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari


Download 178.81 Kb.
bet3/8
Sana12.12.2021
Hajmi178.81 Kb.
#180102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.

Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan xolda bu fan quyidagilarni o‘rganadi:

  1. boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  2. boshqarish obyekti va subyekti;

  3. boshqarish tamoyillari va usullari;

  4. boshqarish madaniyati;

  5. menejer va uning fazilatlari;

  6. menejer reytingi;

  7. boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

  8. boshqarish funktsiyalari;

  1. xodimlarni boshqarish;

  2. ishlab chiqarishni boshqarish;

  3. samaradorlikni boshqarish;

  4. o‘z-o‘zini boshqarish;

  5. xududiy boshqarish va xokazolar.

Ko‘rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, raxbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.

Fanni o‘qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdan iborat. Chunki xozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning raxbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyixalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib etishadilar.

Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish xam ularning zimmasiga tushadi.


Download 178.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling