Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari


Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks


Download 178.81 Kb.
bet6/8
Sana12.12.2021
Hajmi178.81 Kb.
#180102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Menejment fanining tahlil usullari, tizimli yondashuv, kompleks

yondashuv, kuzatish usullari mazmuni.

Usul-bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazardan metod deganda boshqaruv obyektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar, ya’ni mazkur o‘quv qo‘llanmaning 4-savolida ko‘rib chiqilgan:



  1. sistema(tizim)li yondashuv;

  2. kompleksli, yondoshuv;

  3. tarkibiy yondashuv;

  4. integratsion yondashuv;

  5. Modellashtirish;

  6. iqtisodiy-meatematik yondashuv;

  7. kuzatish;

  8. eksperiment;

  9. sotsiologik kuzatuv kabi taxilining ilmiy usullari tushuniladi.

Ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazrdan metod deganda esa boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv obyektiga qanday tarzda ta’sir o‘kazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:

  1. funktsional tizimosti ob’ektlarni boshqarish usuli;

  2. boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;

  3. boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.

Xar xil yondashuvlar, yo‘sinlar, yo‘llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmuasi boshqaruvning aniq va o‘ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib:

Boshqaruv usullari- bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga

ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usllar qo‘yidgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazrda tutadi.

Boshqarish metodlari ishlab chiqirish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obyektiv tarzda kelib chiqadi.

Funktsional tizimosti ob’ektlarni boshqarish usuli bu boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning tarkibidagi bo‘limlarni boshqarishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarni o‘z ichiga oladi. Ularni qo‘yidagi tizimosti bo‘limlar misolida ko‘rish mumkin.


  1. Menejment fanining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, kibertnetika va boshqa fanlar bilan uzaro aloqalari.

Menejment-fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, xuquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.

Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mexnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir.

Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, xuquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, raxbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy xujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.

Sotsiologiya, psixologiya va mexnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.

Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:


  1. boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;

  2. boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;

  3. avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi. Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-

asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.


Download 178.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling