Menejment obyekti xaqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda ob’ekt - bu:
bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud bulgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs;
xo‘jalik yoki mudofaa axamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.
Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Xaydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv obyekti bo‘lib mashina xisoblanadi.
Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boqaruv obyekti bo‘lib kishi, shaxs xisoblanadi. Futbol komandasi yoki shaxar transporti xarakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning raxbarlari menejmentning subyekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar bo‘lib xisoblanadi.
Shunday qilib xar qanday xodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |