Menejment fanining mazmuni, moxiyati,fanni o‘qitish maqsadlari


Menejmentning tamoyillari


Download 178.81 Kb.
bet7/8
Sana12.12.2021
Hajmi178.81 Kb.
#180102
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Menejmentning tamoyillari

Qonun - bu davlat xokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun majburiy bo‘lgan ijtimoiy xuquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. Masalan, Konstitutsiya £zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim xaqida qonun va x.k.

Qonun - bu bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimoiy gurux va shu kabilarda qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat. Tamoyil - mayl, moyillik, tendentsiya.

Printsip” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti-xarakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, raxbar g‘oya ma’nolarini bildiradi. Printsiplarni menejment fani va amaliyotining poydevori deyish mumkin.

Qonun va tamoyillarda menejmentning obyekti va subyekti o‘rtasidagi obyektiv, muxim, takrorlanadigan, nisbiy, turg‘un, aniq muayyanlik va moxiyat bilan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy

bog‘lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab beradi.



Bundan ko‘rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari faqat xamma uchun majburiy bo‘lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin.










Download 178.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling