- Menejment tamoyillari orasida eskilik sarqitlarini inkor qiluvchi, har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv yo’nalishlari, bu sohada milliy va chet el tajbirasini qo’llashini taqozo qiluvchi o’rin egallaydi.
Rejalilik tamoyili - Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish – biznes va strategik rejasini tuzish – iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo’ljallangan yo’nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, belgilashni ifodalaydi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari - Iqtisodiy usullarning mohiyati hodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaatli bo'lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o'rinni egallaydi.
Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili - Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul qiladi uchun javob beradi.
Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili - Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joy – joyiga qo’yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat’iy talablar qo’yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.
Shaxsiy tashabbus tamoyili - Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoilyat yuritishi kerak.
- Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o’z huquq va majburiyatlari bo’lishi kerak.
- Menejment usullari – bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |