Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet26/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

9-AMALIY MASHG‘ULOT.
Mavzu: Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini,ishlarini) narxni shakllanishi
Reja

  1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari

  2. Korxonaning narx siyosati

  3. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari

  4. Tarmoqda narxning shakllanishi

  5. Narxni aniqlash usullari



MAVZUNI O‘RGANISH UCHUN NAZARIY MA’LUMOTLAR


1. Narx - bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida
Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jixatdan asoslangan narx va narxlash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
Narx siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muxim ajralmas qismidir. Shu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, mexnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda narx belgilash siyosati aloxida o‘rin egallaydi. Narxni xo‘jalik mexanizmi va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashning ko‘tarib turuvchi ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni narxning to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liqdir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo‘yiladi.
Narx pul muomalasi holatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda ishlovchilarning, umuman axolining o‘zaro rejali bog‘lanishi narx yordamidaamalgaoshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalgaoshiriladi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodi sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo‘lishi mumkin, bu esa bozordani o‘sha mahsulotga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq bo‘ladi. Tovar narxsining darajasi, Shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar o‘rnini bosaolishi, muomaladani pulning harid quvvatiga ham boqlig‘ bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx yordamida korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etadi. Narx tovar taklifi, axolining to‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to‘g‘risida korxona egalarigaaxborot beruvchi vosita hamdir. Narxning yana bir vazifasi qiymat o‘lchovidir, bunda qilingan harajatlar vaolingan natija ma’lum bir narx yordamida hisob-kitob qilinadi.
Narxlar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya qilinadigan mahsulot turiga ko‘ra farqlanadi. Ammo narxning turlari bir biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muxim elementlari quyidanilardir:
a) ulgurji narxlar. Ular firmalar o‘z mahsulotlarini katta xajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qo‘llaniladi. Ulgurji narx korxonalarga ishlab chiqarish harajatlarini qoplashni, zarur foydaolishni ta’minlab berishi zarur;
b) chakana narxlar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu narxlarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan narxlar kiradi. Chakana narx darajasi aholining real daromadlari bilan belgilanadi.
v) harid narxlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
g) dunyo narxlari xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi.

9.1-chizma. Narxning shakllanishi.





Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling