SF = STF – DS – BS,
SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BD – boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foydaolishi kerak. Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Makroiqtisod sorasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi.
Korxona rentabelligi.Sanoat korxonalarining muhim moliyaviy ko‘rsatkichlaridan biri rentabellikdir. Ishlab chiqarish rentabelligi korxona (firma) ishi samaradorligini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biridir. U korxonaning daromad olish darajisini ifodalaydi.
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ularga jumlasiga quyidanilar kiradi:
asosiy faoliyat rentabelligi;
xususiy kapital rentabelligi;
asosiy kapital (fondlar) rentabelligi;
permanent kapital rentabelligi;
aylanma kapital rentabelligi;
qarzga olingan kapital rentabelligi;
real asosiy kapital rentabelligi;
investirlashgan kapital samaradorligi.
Korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri – rentabellik darajasi ko‘rsatkichidir. Bu ko‘rsatkich hosil qilingan foyda summasidan mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan harajatlarni yoki ishlab chiqarish resurslarini solishtirish imkoniyatini beradi. Bu ko‘rsatkich korxonalar xo‘jalik faoliyatining ko‘p kirralarida (mehnat unumdorligi darajasi, material harajatlar, so‘m aylanishi, asosiy fondlardan foydalanish) o‘z aksini topadi.
Ishlab chiqarish rentabelligi - balans foydaning (BF) o‘rtacha yillik ishlab chiqarish fondlari qiymatiga (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘lar) nisbati orqali aniqlanadi:
Bu ko‘rsatkich bir so‘m ishlab chiqarish fondiga to‘g‘ri keluvchi foyda hajmini ko‘rsatadi.
Asosiy faoliyat rentabelligi – sotishdan olingan foyda (SF) ning mahsulot ishlab chiqarish harajatlari (X) ga nisbati orqali aniqlanadi:
Bu ko‘rsatkich har bir so‘m ishlab chiqarish harajati qancha foyda berishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |