Uxf-Aff+Mfd-Mfx.
Bu yerda: Mfd - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar;
Mfx - moliyaviy faoliyat harajatlari.
Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlarga quyidagilar kiradi:
olingan royaltilar, sarmoya transferti;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik subektlari faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdaii olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik subektiga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizingto‘lovini olish);
valyuta hisobvaraqlari. shuningdek, chet el valutalari operatsiyalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari;
sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Moliyaviy faoliyat harajatlariga yuqorida keltirilgan va ularga o‘xshash moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha tadbirkor (korxona) tomonidan qilingan
harajatlar va to‘lovlar kiradi.
9.1.Korxona foydasi va uni taqsimlash
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum funktsiya (vazifa)larni bajaradi:
- ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
- turli darajadani byudjetlarni shakllantiradi;
- xodimlarning manfaatlarini ximoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o‘ynaydi;
- ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalgaoshirishga imkoniyat beradi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdani foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona balansidani mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo‘jaliklarning moliya-xo‘jalik faoliyatlari natijasidaolingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-joy kommunal xo‘jaligi, har xil jarimalar, penya va xokazolardan tashkil topadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidani ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YAF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidani tafovut sifatida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |