Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: KORXONANING INVESTITSION VA INNOVATSION FAOLIYATI Reja
- Amaliy mashg’ulotni bajarishga doir uslubiy ko‘rsatmalar Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
- Innovasiyalar” tushunchasi ta’riflarining variantlari
Muhakama uchun uchun savollar:
Korxona daromadini shakllantirish manbalari haqida tushuntirib bering. Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida hamda uning korxonaning tijorat va ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishdagi ahamiyati nimada? Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlarga nimalar kiradi? Foydani shakllantirish manbalari nimada. Asosiy faoliyatdan olingan foyda qanday shakllanadi? Mahsulotni sotishdan olingan sof foyda qanday shakllanadi? Foydani taqsimlash va uni ko‘paytirish yo‘llarini ayting. Sof foyda nima va u qanday aniqlanadi? Rentabellik deganda nimani tushunasiz? Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini aytib bering. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash uslubiyatini aytib bering. 10-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: KORXONANING INVESTITSION VA INNOVATSION FAOLIYATI Reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni Korxona investitsiyalarining manbalari Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar Iqtisodiy samaradorlik Investitsiyalarning qoplanish muddati Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari Korxonalarda innovasiya faoliyati va innovasiya Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari Amaliy mashg’ulotni bajarishga doir uslubiy ko‘rsatmalar Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm-fan va tehnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, investitsiya jalb qilmay turib, iqtisodiyotni yetarli darajada rivojlantirib bo‘lmaydi. “Investitsiya” atamasi lotin tilidagi “invest” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “qo‘yish”, “mablag‘larni safarbar etish”, “kapital qo‘yilmasi” ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitisiya, mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda “investitsiya” tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biron-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy samaraga erishishdir. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”2 sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, “investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi. Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy-iqtisodiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha harakterlanadi: birlamchi kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish; investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. A) salomlashish va davomatni tekshirish yuklama (2 - minut) B) SHu kungi yangiliklar Bilan tanishtirish mavzularga boglash (5 – 6 minut) V) Utilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni kayta tekshirib chikish. 5 nafar talbani baxolash va uzaro diskussiya kilish (10) D) mashgulot mavzusini va rejasini talabalarga yozdirish va kiskacha bayon etish. 5 - 7 minut E) Mashgulot bo‘yicha mashklar va topshiriklarni doskada namunaviy variantlarini tushuntirish hamda talabalar mustakil ishlashlari uchun topshirik berish ularni nazorat kilib borish (50 – 55 minut) Yo) Darsni takrorlash va bilimlarni mustaxkamlash uchun mavzuga tegishli savollar berishi. Buni talaba darsdan tashkarida mustakil tayyorlashlari lozim (5 – 8 minut) “Innovasiyalar” tushunchasi ta’riflarining variantlari
Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling