Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Amaliy mashg‘ulotni bajarishga topshiriq
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
Amaliy mashg‘ulotni bajarishga topshiriq
Mavzuni o‘rganish uchun nazariy ma’lumotlar Boshqaruvga qiziqishda birinchi portlash 1911 yilda yuz berdi. Xuddi o‘sha vaqtda Frederik Teylor o‘zining “Ilmiy boshqaruv tamoyillari” degan kitobini nashr qildi va bu ilmiy boshqaruvning tan olinishi, mustaqil tadqiqot sohasining boshlab berilishi edi. Albatta, maqsadga samarali erishish uchun tashkilotni sistemali boshqarish lozimligini tushunish birdaniga paydo bo‘lgan emas. U XIX asrning o‘rtalaridan XX asrning 20 yilgacha ma’lum vaqt davomida shakllandi. XX asrning birinchi yarmida 4 ta maktab boshqaruv g‘oyasini rivojlantirish borasida aniq ishlar olib borganlar. Bular quyidagi maktablardir: - Ilmiy boshqaruv maktabi. - Ma’muriy boshqaruv maktabi. - Psixologiya va insoniy munosabatlar maktabi. - Boshqaruv fanlar maktabi. Bu oqimlarning har qaysining eng ishongan tarafdorlari o‘zlaricha, tashkilotning o‘z maqsadlariga erishishning ancha samarali yo‘lini topgan deb hisobladilar. Ancha keyingi tadqiqotlar va bu maktablar nazariyalarini amaliyotga tadbiq qilishning muvaffa-qiyatsizligi boshqa-ruv savoliga berilgan javoblarning ko‘pchiligi faqat qisman chegaralan-gan hollardagina to‘g‘ri bo‘lib chiqishini ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan bu maktablarning har biri boshqaruv sohasiga salmoqli va sezilarli hissa qo‘shdilar. Hatto hozirgi vaqtdagi eng zamonaviy tashkilotlar ham haligacha shu maktablar doirasida paydo bo‘lgan kontseptsiyalar va usullardan foydalanadilar. a) Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Ilmiy boshqaruv ayniqsa Teylor, Frenk va Lili Gilbret hamda Genri Gantning ishlari bilan juda bog‘liq. Ilmiy boshqaruvning bu asoschilari kuzatish, mantiq va tahlil usullaridan foydalanib qo‘l mehnatining samarali bajarilishiga erishish uchun ko‘pgina jarayonlarni takomillashtirish, mukammallashtirish mumkin deb hisoblaganlar. b) Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950). Ilmiy boshqaruv haqida yozgan mualliflar, asosan o‘z tadqiqotlarini ishlab chiqarish boshqaruviga bag‘ishlaganlar. Ular boshqaruvning pastki pog‘onasida samaradorlikni oshirish bilan shug‘ullanadilar. Ma’muriy maktabning paydo bo‘lishi bilan mutaxassislar tashkilot boshqaruvini mukammallashtirish uchun yangi yondoshuvlar ishlab chiqdilar. Teylor va Gilbret o‘z faoliyatlarini ishchi sifatida boshlagan edilar va shubhasiz bu ularning tashkilot boshqaruvi haqidagi tasavvur va tushunchalariga ta’sir qilgan edi. c) Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). Ilmiy boshqaruv va klassik yondoshuv mualliflari ham inson omilining ahamiyatini tan olgan, lekin ularning muhokamalari faqat haqqoniy ish haqi to‘lash, iqtisodiy rag‘batlantirish va funktsional insoniy munosabatlar o‘rnatish bilan cheklangan edi. Insoniy munosabatlarga e’tibor inson omili tashkilot samaradorligining eng asosiy elementi ekanligini to‘la tushunib yetishga javob sifatida paydo bo‘ldi. Insoniy munosabatlar maktabi klassik yondoshuv nuqsonlariga reaktsiya sifatida paydo bo‘ldi, shuning uchun insoniy munosabatlar maktabini neoklassik maktab deb ham atashadi. d) Boshqaruv fani yoki miqdoriy yondoshuv. Matematika, statistika, muhandislik va boshqa shular bilan bog‘liq bilimlar boshqaruv nazariyasiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Bularning ta’sirini Frederik Teylorning mehnat taqsimini analiz qilishda ilmiy usullarni qo‘llashida ham kuzatish mumkin. Biroq, P chi jahon urushigacha miqdoriy usullar boshqaruvda yetarlicha qo‘llanilmadi. Inglizlar o‘zlarining qiruvchilari va havo hujumiga qarshi qo‘llanadigan vositalarining chegaralangan miqdoridan samaraliroq foydalanish yo‘llarini qidirganlar. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling