Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet46/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Munozara qilish masalalari
1. A. Fayol tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruvning 14 tamoyillariga qanday baho berasiz?
2. Zamonaviy boshqaruvda klassik (ma'muriy) maktabning qaysi qoidalari,
tamoyillari qo‘llaniladi?
3. Psixologiya va inson munosabatlari maktabiga asoslangan qanday asosiy
printsiplar bor?
4. Hawthorne eksperimentining mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
5. AQShda menejment ilmining rivojlanishidagi rag‘batlantiruvchi boshlovchi
nima bo‘ldi?
6. Rivojlangan G‘arb mamlakatlarida menejment bo‘yicha mutaxassislarga
qanday munosabat bor?
7. Nima uchun ko‘p yillar davomida AQSh mehnat unumdorligi sohasida Evropa hamkorlarini yengdi?
8. AQSh firmalarida strategik boshqaruv va rejalashtirish tamoyillari qanday?
9. Yaponiya boshqaruvining falsafasi nima?
10. Yaponiya firmalarida sifat menejmentining mohiyati nima?
11. Yaponiya va Amerika boshqaruvi o‘rtasida qanday farq bor?
12. O‘zbekiston hukumat nazariyasi va amaliyotining xususiyatlari qanday
boshlagan qayta qurishning kamchiliklari qanday?
13. "500 kun" dasturining mohiyati nima?
14. Nima uchun Rossiyada bozor islohotlarini tezlashtirish mumkin edi?
15. Rossiyada boshqaruv fani rivojining sabablari nima?


SANOATNING MAQSADLI YO‘NALISHLARI
1.Tarmoqni rivojlantirish kontseptsiyasi

2.Sohani rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari




Tarmoqni rivojlantirish kontseptsiyasi

Raqamli iqtisodiyot, bu — alohida faoliyat turi emas. Bu, aslida, ishbilarmonlik, sanoat ob’yektlari, xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi mazkur sohalarning barchasi axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.


Darvoqe, “raqamli iqtisodiyot” atamasi milliy qonunchiligimizda ilk bor qo‘llanilmoqda. Biroq dunyo tendentsiyasi shuni ko‘rsatayaptiki, barcha rivojlangan davlatlar uni shakllantirishga allaqachon kirishgan. O‘zbekiston ham mazkur jarayondan chetda qolmasligi kerak. Zero, biz globallashuv, dunyo hamjamiyati bilan integratsiyaga kirishish haqida gapirarkanmiz, bu borada o‘zgargan (transformatsiya qilingan, yangilangan) iqtisodiyot ravnaqi muhim sanaladi.


1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etishida “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur”. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha “yo‘l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz.


2020 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2019 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda.


Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi.


O‘zbekiston Respublikasida «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish kontseptsiyasi 2019 yil 18 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 48-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Uning asosiy maqsadi "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish orqali shaharlarning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu kontseptsiyada “Aqlli shahar” innovatsion texnologiyalari joriy etishning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari ifodalanib, ularni amalaga oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.

“Aqlli shahar” texnologiyalarining asosiy maqsadi insonlar yashash sifatini yaxshilash, ularga qulaylik tug‘dirish, mavjud resurslardan samarali foydalanishdir. Asosiy yo‘nalishlari qilib quyidagilardan iborat:


Aqlli transport”


“Aqlli transport” aloqa tizimi orqali yo‘llarda vaziyatni to‘liq aniqlash, shuningdek, mobil operatorlar ma’lumotlari va SRS signallaridan foydalangan holda transportlar oqimini nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Yo‘llardagi tirbandlikni kamayishiga, transport vositalarining qisqa yo‘llar orqali manzilga yetib borishiga, yo‘lovchilarning vaqtlarini tejashga xizmat qiladi.


Transportlarni joylashtirish uchun bo‘sh joylar va ularning orasidagi masofani aniqlovchi “Aqlli joylashtirish” texnologiyasi, avtomobil va yo‘llardan foydalanish uchun elektron to‘lov tizimlari, yo‘lovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish, geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya tashkil etilishi o‘z navbatida haydovchilar va yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling