Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet54/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Menejmentda qaror qabul qilish
Qarorlarni qabul qilish jarayoni haqida nazariy mahlumotlar
Insonni, qachonki u tashkiliy qarorlarni qabul qilsa yoki ularni boshqa kishilar orqali amalga oshirsa, menejer deb atash mumkin. Qaror qabul qilish bu har qanday boshqaruv funksiyasining tarkibiy qismidir. Mashuliyatli qarorlarni qabul qilishning zarurligi menejer maqsadlarini shakllantirishni va yutuqlariga erishishning barcha qirralarini qamrab oladi. SHuning uchun qaror qabul qilish tabiatini tushunish boshqaruv sanhatida muvaffaqiyatga erishishni hohlovchi har bir kishi uchun g‘oyat muhimdir.
Ushbu taqdim etilgan ishbilarmonlik vaziyatlari qarorni qabul qilish jarayoni algoritmini va boshqaruv qarorlarini tayyorlash va optimallashtirish usullarini o‘rganishga yordam beradi. Muhokama qilish uchun quyidagi savollar taklif etiladi:

  • muammolarni belgilash usullari;

  • qarorlar variantlarini ishlab chiqish jarayoni;

  • qarorni tanlash usullari;

  • qarorlarni bajarishni tashkil etish.

Har bir vaziyatni yechishga 1-jadvalga o‘xshagan holda rasmiylashtirish taklif etiladi.
Oxirgi qarorni qabul qilgandan keyin xulosalar chiqarish zarur.


Qaror qabul qilish usullari
Samarali qaror qabul qilish boshqarish funksiyalarini boshqarish uchun o‘ta muhimdir.
Menejerlarning boshqaruv ishidagi asosiy xatolari quyidagilardan iborat:

  • qarorni erta qabul qilishi;

  • qarorni kech qabul qilishi;

  • qaror qabul qilishga umuman vaqti yetmasligi.

Qaror qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik - bu malakaning yuqori darajadaligidan dalolatdir. Lekin xatosiz ishlash qiyin, bahzan, umuman, mumkin emas. Eng muhimi, asosiysida xatoga yoi qo‘ymaslik. Xodimlar va kasbdoshlar kichkina xatoni kechirishadi, lekin vaqt va mablag‘larni yo‘qotishni, faoliyatsizlikni, mashuliyatsizlikni kechirishmaydi. Bahzan so‘rashadi «Boshqaruvchi va sichqonning orasidagi farq qanday?». «Sichqon qopqonga tushushdan qo‘rqsa, boshqaruvchi hamisha tilidan qo‘rqadi». SHuning uchun qaror qabul qilish jarayoni bu boshqarish nazariyasining markaziy nuqtasidir. Boshqaruv fani Tashkilot samaradorligini rahbariyatning juda mushkul vaziyatlarda model va miqdoriy usullar yordamida asoslangan obhektiv qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshirishga undaydi.
Biz maqsadga muvofiq foydalanish mumkin bo‘lgan vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz:

  1. CHiziqli dasturlash usuli (odatda, raqobatlashadigan istehmolchilar mavjudligida kamyob resurslarni taqsimlashning optimal usulini aniqlash uchun qoilaniladi).

  2. Qarorlarning matritsa usuli (aniq mezonlar bo‘yicha bir necha muqobillardan eng yaxshisini tanlashda foydalaniladi).


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling