Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet55/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Mavzyga doir topshiriqlar
«Mehmonxona biznesi sohasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish» bo‘yicha ishbilarmonlik o‘yini


1-vaziyat
Siz shaharda yangi mehmonxona qurishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qaror qabul qilishingiz lozim. Maqsadlarni tanlash va mahlumotlarni yig‘ish bo‘yicha o‘z harakatlaringizni izohlab bering.
2-vaziyat
1-vaziyatda keltirilgan mahlumotlar va yig‘ilgan informatsiya-lardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish uchun muqobil tayyorlanish tahlilini amalga oshirish.
3-vaziyat
Aytaylik qaror qabul qilishning tayyorlanish bosqichi jarayonida siz quyidagi boshlang‘ich xulosaga keldingiz: eng yaxshi muqobil 50 nomerli lyuksga mo‘ljallangan mehmonxonani ochish hisoblanadi. Yakuniy qaror qabul qilish jarayonini tushuntirib bering.
4-vaziyat
Faraz qilaylik, siz tomoningizdan 50 nomerli lyuks mehmonxona qarilishi to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilingan. Ushbu qarorni amalga oshirish bo‘yicha harakat faoliyatingizni aniqlang. Qarorni -jadval shaklida rasmiylashtiring.
1-topshiriq:
Boshqarish jarayonining kengaytirilgan blok-sxemasini qaror qabul qilish jarayonini hisobga olgan holda tushuntirishlarni qo‘yib toig‘azishga harakat qiling.


Tahlil uchun vaziyatlar
1-vaziyat
Koinot aviakompaniyasi yo‘lovchi va yuk aviatashuvlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan butun ishlarga javob beradigan prezident aviakompaniyani boshqaradi. Prezident ho‘zurida shtabli vakolatga ega bo‘lgan aviakompaniyaning tashqi aloqalar, strategik rejim va texnik siyosat bo‘yicha har xil to‘zilmalari faoliyat ko‘rsatishadi.
Aviakompaniyadagi marketing va moliya masalalariga marketing bo‘yicha vitse-prezident va moliya bo‘yicha vitse-prezidentlar javob berishadi. Samolyotlarni yozgi ekspluatatsiya qilish bo‘yicha vitse-prezidentga yo‘lovchilarni tashishni tahminlovchi yozgi otryadlar bo‘ysunadi. Tashishlarni tashkil etuvchi xizmat direktoriga yo‘lovchilarga va yerdagi yuklarga xizmat ko‘rsatishni tahminlovchi xizmat boiinmalari bo‘ysunadi.
Samolyotlarni texnik ekspluatatsiya qilish bo‘yicha vitse-prezident samolyotlarning sozligiga va shunga muvofiq uchishlarning texnik xavfsizligiga javob beradi. Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati aviakompaniyaning barcha bo‘linmalarining o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi va yuklarni tashkil etish xizmati direktoriga bo‘ysunadi.
Tashkilot kommunikatsiyalarining sxemasini to‘zing. Vaziyatni yechish uchun quyidagilar zarur:

•aviakompaniya prezidenti va marketing bo‘yicha vitse-prezident o‘rtasida informatsiyalar almashinuvining modelini to‘zish;
•teskari aloqa zanjirini to‘zish;

  • aviakompaniyaning tashkiliy kommunikatsiyalarida qanday to‘siqlar pay do bo‘lishi mumkinligini aniqlash;

  • tashqi muhit bilan marketing bo‘yicha vitse-prezidentning kommunikatsion aloqalarini ajratish;

•bo‘linmalar rahbarlarining kommunikatsion rolini aniqlash.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling