Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet57/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Muhokama uchun savollar

  1. Qaror nima?

  2. Boshqaruv qarorlari qanday talablarga javob berishi kerak?

  3. Boshqaruv qarorlari qanday tavsiflanadi?

  4. Strategik va taktik qarorlar umumiy va maxsus qarorlardan nimasi bilan farq qiladi?

  5. Stereotip va tashabbusli qarorlar qanday hollarda qabul qilinadi?

  6. An’anaviy va tavsiyali qarorlar aniq va noaniq qarorlardan nimasi bilan farq qiladi?

  7. Amal qilish xususiyatiga ko‘ra boshqaruv qarorlari qanday turlarga bo‘linadi?

  8. Yakkaboshchilik va yakdillik asosida qaror qabul qilish mumkinmi?

  9. Qaror qabul qilishning kollegial va konsensus tamoyillari to‘g‘risida nimalar deya olasiz?

  10. Qaror qabul qilishda “Ringi” usulining mohiyati nimada?

  11. Boshqaruvchining shaxsiy fazilatlari ta’sirida qanday qarorlar qabul qilinishi mumkin?

  12. Qarorni ishlab chiqish qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?

  13. Qarorni bajarish va uning bajarilishini nazorat qilish deganda, nimani tushunasiz?

  14. Qarorning bajarilishini nazorat qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga tayaniladi?

  15. Qarorning bajarilishi qanday nazorat qilinadi?



15-AMALIY MASHG’ULOT.
Mavzu: Korxonada nizolarni boshqarish
Reja
15.1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari.
15.2. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar.
15.3. Ishlab chiqarishdagi nizolarning oldini olish va hal qilish usullari.


Mavzuga oid nazariy ma’lumotlar

Nizo - bu aniq shaxs yoki guruhlardan iborat bo‘lgan ikki yoki undan ortiq
tomon o‘rtasida murosa mavjud bo‘lmasligidir. Har bir tomon o‘z nuqtai nazari qabul qilinishiga intilib, boshqa tomonning shunday harakat qilish uchun to‘sqinlik qiladi (masalan, ikki muxandis stanok yaratib, har biri o‘z loyihasini qabul qilishini talab qiladi).
Nizo ko‘pincha tajovuz, taxdid, munozara, dushmanlik, urush va x.k.lar bilan
tenglashtirilib, doimo nomaqbul hodisa sifatida qabul qilinadi, unga imkoni boricha yo‘l qo‘ymaslik, yoki tezlik bilan vujudga kelgan paytda hamla etish zarur deb hisoblaydilar.
Nizolarni boshqarish uchun nizoli vaziyat vujudga kelish sabablarini bilish
lozim.
Nizolarning to‘rt asosiy turi mavjud:
shaxsning ichki nizosi,
shaxs va guruh o‘rtasidagi nizo,
shaxslar o‘rtasidagi nizo,
guruhlar o‘rtasidagi nizo.
Ularning asosiy sababi resurslarning cheklanganligi, masalalarni hal etishning o‘zaro bog‘liqligi, maqsad, qadriyatlardagi farqlar, xayotiy tajriba va xulqdagi farqlar, qoniqarsiz kommunikatsiyalardir. Ba’zi tashkiliy tizimlar va munosabatlar vazifalar o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiquvchi nizolar ro‘y berishi uchun sharoit yaratadi. Shu sababli o‘zaro bog‘liq bo‘linmalar rahbarlari bitta umumiy rahbarga bo‘ysunushi kerak, chunki shunday qilinganda nizo vujudga kelishi extimoli kamayadi. Masalan, mehnat va ish xaqi bo‘limi, moliya bo‘limi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bitta rahbar - boshliq yoki bosh iqtisodchiga bo‘ysunadi va ixtisoslashuvi kuchayishi bilan nizo vujudga kelish extimoli ham shuncha ortadi. Ixtisoslashgan tashkilotlar maqsadlari turlicha, ular qaror qabul qilishda nisbatan mustaqildir.
Tasavvur va qadriyatlar o‘rtasidagi farq ham nizolar chiqishga sabab
bo‘ladi. Masalan, rahbar qo‘l ostidagi xodim o‘z fikrini bildirish xuquqiga ega deb
o‘ylasa, rahbar fikriga ko‘ra faqat uning fikri so‘ralganda bildirish, boshqa payt esa
buyurilgan ishni bajarish kerak. Oliy o‘quv yurtining yuqori malakali xodimlari mustaqillik va erkinlikni, ular manfaatlarini cheklamaslikni talab qiladilar.
Kafedra mudiri har bir muammo ishini qattiq nazorat qilgan holda nizom vaziyat vujudga kelish mumkin. Kishilar xulqi va xayotiy tajriba farq qilishi ham nizoga olib kelishi mumkin. Ba’zan har bir so‘z uchun janjallashuvchi kishilar ham uchrab turadi. Bunday kishilar nizoli vaziyat vujudga kelishiga sababchi bo‘ladilar.
Qoniqarsiz kommunikatsiyalar, ya’ni axborot almashinuvi qyinlashuvi nizo
uchun ham sabab, ham uning oqibati bo‘lishi mumkin.
Masalan, har bir bo‘lim yoki xodim bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq
belgilab qo‘yilmagan taqdirda ham bo‘limlar, ham ayrim xodimlar o‘rtasida nizo
kelib chiqishga olib keladi. Bir necha nizo manbaining mavjud bo‘lishi nizoli vaziyat extimolini ko‘paytiradi. Bir tomon ikkinchi tomonga o‘z nuqtai nazari to‘g‘ri ekanligini uqtirish natijasida bunday nizolar vujudga keladi.
Nizoli vaziyatni boshqarishning bir qancha samarali usullari mavjud bo‘lib,
ularni quyidagi ikki kategoriyaga ajratish mumkin: tarkibiy va shaxslar
o‘rtasidagi.
Rahbar nizoning asosiy sababi kishilar fe’lidan iborat deb hisoblamasligi kerak. Albatta, bunday farqlar nizoga sabab bo‘lishi mumkin, lekin ular ko‘pincha nizoga olib kelvchi omillar qatoriga kiradi holos. Rahbar nizoni bartaraf qilishdan avval uning kelib chiqish sabablarini turli usullar vositasida tahlil qilish kerak.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling