Guruh bilan ishlash qoidalari
Har biri o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
Har biri berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan
ishlashlari lozim;
Har biri o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
Har biri yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
Har biri guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;
Har biri: “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz, yoki birga qutilamiz” atamasini
yaxshi bilishlari lozim.
|
Munozara savollari.
1. Tarkibiy-tashkiliy usullarning mohiyati nimada?
2. Stressning sabablari nimada?
Topshiriq. Mavzuga doir muammoli vaziyatlarni yechimini toping.
1-vaziyat.
«Nizoli vaziyatda muloqot»
Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha injener L. (matematiklar, qoida bo‘yicha
amortizatsiya printsiplarini oson o‘zlashtiradilar) bo‘limning menejeri bilan nizoli
munosabatda bo‘lgan. Oxirgi nizo quyidagi asosda vujudga keldi. Oyiga bir marta
ularning bo‘limida yig‘ilish o‘tkaziladi, ushbu yig‘ilishda boshqa bo‘lim menejerlari qatnashadi, 50 ga yaqin kishi yig‘iladi. Qaxramonimiz yig‘ilishning boshlanishiga 5 daqiqa qolganda zalga kirdi. Yo‘lakda turib, u ko‘p vaqt ko‘rmagan tanishi bilan tinch gaplashib turgan edi. Zal unchalik toza emas edi, lekin uning yig‘ishtirishga hech qanday daxli yo‘q edi.
Bu vaqtda bo‘lim mudiri O. keldi va ular o‘rtasida dialog vujudga keldi:
O. (zo‘r berib):
- Iflosligiga qarang!
L. (taajjub bilan):
- Lekin, bu mening majburiyatim emas.
O. (yashirilmagan g‘azablanish bilan):
- Ana ko‘rayapsizmi, sizni jamoaning obro‘si bilan hech qanday ishingiz yo‘q.! Siz iflos bo‘lgan joy oldidan o‘tib ketishingiz mumkin, lekin men o‘tolmayman! Men o‘zim xamma narsaga qarashim kerak! L. (boshni ham qilib):
- Men nima qilishim kerak edi?
O. (achinish bilan):
- Yig‘ishtirishni tashkil qilolmadingiz-mi?
O‘zingiz yig‘ishtirsangiz, sizga hech narsa bo‘lmas edi?
L. bundan keyin o‘zining do‘stiga dedi:
- Esini yegan chol. Nimaga menga yopishdi?
Bizda yig‘ishtirish uchun kim javob berishini bilmaydi?!
Topshiriq:
1.Ushbu dialogning psixologik tuzilishini tahlil qiling va L.ning xatosini toping. 2.Kompyuterlar texnologiyasi bo‘limi mudirining agressivligini amortizatsiyalashtiruvchi dialog variantini o‘ylab ko‘ring
Do'stlaringiz bilan baham: |