Nizolarni hal etishning to‘rtta tarkibiy usullari mavjud:
ishga bo‘lgan talabni tushuntirish,
koordinatsiya va integratsiya mexanizmlaridan foydalanish,
umumiy tashkiliy maqsadlar majmuini belgilash,
rag‘batlantirish tizimini qo‘llash.
Bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa
Muhokama uchun savollar
1. O‘zbek tilining izohli lug‘atida nizo tushunchasi qanday talqin qilinadi?
2. Boshqarish jarayonida nizo tufayli qanday vaziyatlar vujudga keladi?
3. Nizo nima?
4. Nizolarning kelib chiqish sabablari nimada?
5. Nizolarning qanday xillarini bilasiz?
6. SHaxslararo va shaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizolarning kelib chiqishiga
sabab nima?
7. Guruhlararo nizolar to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
8. Ochiq va yopiq nizolar ob’ektiv va sub’ektiv nizolardan nimalar bilan farq
qiladi?
9. Konstruktiv va destruktiv nizolar deganda nimani tushunasiz?
10. Nizo jarayon sifatida qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
11. Nizoli vaziyatlarni boshqarishning qanday samarali usullarini bilasiz?
Blits-so‘rov uchun savollar
1. Nizoning funktsional va disfunktsional oqibatlari deganda nimani tushunasiz?
2. Nizoli vaziyatlarni boshqarishning qanday samarali usullarini bilasiz?
3. Tarkibiy-tashqiliy usullarning moxiyati nimada?
4. Strategik usullar to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
5. Rahbar nizoni bartaraf qilish uchun qanday yo‘l tutishi kerak?
6. Stress nima?
7. Stressning sabablari nimada?
8. Stress qanday boshqariladi?
9. Halovatsizlik xissi haqida bilish zarur bo‘lgan asosiy qoidalar nimadan iborat?
10. Bezovtalik xissini tahlil qilishning qanday usullarini bilasiz?
11. Halovatsizlik sizni adoi-tomom qilmasdan qanday qilib uni bartaraf etish mumkin?
12. D. Karnegining tinchlik va baxt yaratishning yetti yo‘li nimalardan iborat?
Baxt va halovatga erishishning yetti qoidasichi?
13. Rizouddin ibn Faxriddinning xotirjamlikka chorlovchi 11 ta nasihatini
bilasizmi?
14. Abu Bakr Roziy asabning qimmati haqida.
15. Asab haqida donolarning dil so‘zlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |