Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet50/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Chiziqli-funktsional tuzilmalar eng ko‘p tarqalgan. Bunda funktsio-nal
zvenolar quyi bo‘linmalarga ayrim masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi mumkin. Masalan, reja-iqtisod bo‘limi sex boshlig‘iga rejalashti-rishni takomillash, zavod bosh hisobchisi tsexdagi hisob va hisobot ishlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi mumkin. Boshqaruvning yagonaligi, kollegialligini hamohangligi chiziqli funktsional tuzilmalarning ustunligidir.
Chiziqli shtab tuzilmalari asosida chiziqli tuzilma yotadi, biroq bu yerda
zvenolar qoshidagi shtablarda muhim masalalar bo‘yicha mutaxas-sislar faoliyat
ko‘rsatadi, ular quyi zvenolar uchun malakali qarorlar qabul qiladi va ularga beradi. Juda katta sonli masalalar yechilayotganda chiziqli rahbar yumushi sezilarli
ortadi. Oxirgi yillarda quyidagi murakkab turdagi boshqaruv tuzilmalari tarqalmoqda: loyiha bo‘yicha boshqarish, mahsulot bo‘yicha boshqarish, matritsali va boshqa tuzilmalar.
Loyiha bo‘yicha boshqarish vaqtincha tashkil etiladi. Loyiha bajarilgach u
tarqatib yuboriladi va yangi loyiha yaratiladi. Chiziqli va loyiha bo‘yicha boshqarish bilan birga matritsali boshqarish ko‘riladi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini asosiy darajalari 2 gurug‘ga bo‘linadi mexanik va organikda ifodalangan.
Mexanik tashkiliy tuzilmasi ko‘p sonli bo‘linmalar (vertikal bo‘yicha) hisobiga murakkablik (bilan tavsiflanadi); rasmiylikni yuqori darajasi cheklangan axborot tarmog‘i, boshqaruvning barcha xodimlarini qarorlar qabul qilishda quyi saviyasi bilan tavsiflanadi.
Mexanik tuzilmasi qattiq ierarxik yoki piramida boshqaruvi sifatida namoyon
bo‘ladi.


Bilimlarni mustahkamlash uchun vazifa
Korxonaning tashkiliy – boshqaruv tizimini takomillashtirish

O‘yinning maqsadi nazariy bilimlarni mustaxkamlash, amaldagi boshqaruv


tizimlarini o‘rganish. Korxona (birlashma )lardagi mavjud boshqaruv tizimlarini
takomillashtirish, bir - birini qaytaruvchi boshqaruv bo‘g‘inlari faoliyatiga chek
qo‘yish, boshqaruv apparati xodimlari ma’suliyati va xuquqlarini belgilash, ma’muriy boshqaruv harajatlarini kamaytirish.
Boshlangich ma’lumotlar. Korxonaning asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1 - ishbop o‘yinda ko‘rsatilgan (1998 - 2000 yil uchun). Amaldagi korxonaning tashkiliy tuzilmasi 1 - shaklda ko‘rsatilgan. Korxona bilan tanishuv shuni ko‘rsatmoqdaki, Aksionerlik jamiyatning funktsional bo‘lim va saexlarning ishi bozor iqtisodi talablariga tulik javob beradi. Korxonaning har bir bugini aniq maqsad va rejaga ega, biroq ular AJ ning to‘liq maqsadlariga javob bermaydi, funktsional bo‘lim va tsexlar urtasida amaldagi bog‘liqlik yo‘q. Ishlab chiqarishga doir masallarni hal etish uchun funktsional bo‘lim va sexlar xodimlari boshqaruvning eng yuqori bo‘g‘inlari, xatto direktorgacha chiqishi kerak.
Texnik va texnalogik masalarni hal etish funktsional bo‘lim va tsexlararo
tarkatib yuborilgan. Bosh muxandis kichik korxona markazini xaqiqiy ishga qarata
olmaydi. Muxansis texnik xizmatdan funktsional aniq yo‘lga quyilmagan, mansab
yo‘riqnomasi yo‘q. Korxona iqtisodiy xizmat faoliyati kam harajat kilib yuqori sifatli, haridor didiga mos tovarlarni ishlab chiqarishga qaratilmagan. Korxona faoliyatini rejalashtirish qoniqarsiz. Uzoq muddatli iqtisodiy me’yorlar va limitlar, mahsulot ishlab chiqarishning qiymatdagi ifodasi yo‘q. Jumladan: rejali foyda, mehnat unimdorligi, tannarx va boshqalar. Rejalar iqtisodiy asossiz tuziladi, mehnat va mehnat harajatlari hisoblanmaydi. Korxona hisobot ma’lumotlarini ishonchliligi shubha tugdiradi.
Korxona hisobxonasida ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi haqidagi
ma’lumotlar nomenklaturasi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash
bo‘yicha katiy nazorat, xo‘jasizlik va tashmachilikka qarshi choralar yo‘q.
Korxonaning iqtisodiy xizmatlari faqat xaqiqiy harajatlarni hisobga olib, ichki
imkoniyatlarni qidirish, tashkiliy tizimlarni takomillashtirish, boshqaruv apparatini
kiskartirish bilan shugillanmaydilar.
O‘yin ishtirokchilari quyidagi masalalarni hal etishlari lozim:
1.Kundalik ish rejasini tuzish.
2. Korxonaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chukur tahlil etish.
3. Amaldagi boshqaruv tizimini tahlil etish.
4. Boshqaruv tizimini eng maqbul usulini ishlab chiqish. Bunda davlat
korxonasi AJ aylantirilyapti, deb hisoblansin. Yangi tuzilgan AJ boshqaruv tizimiga takliflar berilsin.
5. Yangi tashkiliy tizimning iqtisodiy samaradorligi asoslansin va bu tadbirlarning maqsadga muvofikligi belgilansin.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling