Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqobil investitsiya loyihalari tahlil
Muqobil investitsiya loyihalari tahlil Investitsiya loyihalari o‘rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, quyidagi sabablarga asoslanadi: Investitsiyalarning eng tez fursatda qoplanishi va yuqori foyda keltirishi. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. Investisiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o‘zaro ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil (o‘zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini aniqlashga va uni ko‘zlangan maqsad yo‘lida moliyalashtirishga imkon beradi. Muqobil loyihalarni o‘zaro taqqoslash, eng avvalo: ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga; vaqt omiliga; yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo‘yicha bajariladigan ish (xizmat) hajmiga; ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda); moliyaviy ko‘rsatkichlarga (narx darajasi, inflyasiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim. Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga borliq bo‘ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, haridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo‘ladi. Lekin loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich uzlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish zarur. 1-misol. Faraz qilayliq yangi qurilgan ko‘p qavatli axoli uylarini isitish uchun korxona isitish va energiya ta’minotining ko‘mir, gaz, mazut turlaridan birini tanlashi lozim. Yuqori darajadagi energiya ta’minotiga erishish uchun barcha usullarning taqqoslama tahlil o‘tkaziladi (bunda ta’lilning oddiy va tushunarli bo‘lishi uchun biz investitsiya loyihalarining barcha variantlarining hayotiylik davri bir xil - 4 yilga teng deb faraz qilamiz) va ular quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling