Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar
1- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari Mashg‘ulot maqsadi: Korxonalar tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy faoliyatning asosi, korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari, korxona faoliyatining ichki va tashqi muhitini, shakllarini va vazifalarini o‘rgatishdan iborat. Reja Korxonalar mohiyati va iqtisodiy faoliyatning asosi Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar Korxona insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo‘g‘inidir. Korxonaning moxiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jixatlariga qarab tarmoqlarga bo‘linadi. Masalan: og‘ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoklar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchisi - o‘z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘radon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar. Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar, o‘rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo‘jalik, savdo-sotiq, tijorat, tahminot kabilar). To‘rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog‘liqni saqlash, tahlim va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iboratdir. Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular xududlarda tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo‘jalik aloqalari orqali tig‘iz bog‘liq umumiy qonun-qoidaga bo‘ysunuvchi yagona tizimdir. SHu sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi. Milliy iqtisodiyot asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur bo‘lgan moddiy, ijtimoiy, mahnaviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar, tarmoqlar va sohalar tarkibi, mazmuni, masshtabi, rivojlanish darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va hududiy birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar tuziladi. Korxona faoliyatining maqsadi – jamiyat ehtiyojlarini qondirish va foyda olishdir. Zamonaviy korxona – murakkab tashkiliy tuzilmadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini tashkil etishning quyidagi uch asosiy yo‘nalishining ahamiyati oshib boradi: ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish; mehnatni ilmiy tashkil etish; boshqaruvni ilmiy tashkil etish. Konsernlar - yirik birlashmalar va korxonalarni to‘la boshqarish huquqi bilan shartnoma asosida birlashtirgan tashkiliy-tarkibiy tuzilmadir. Korporasiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar birlashmasi ko‘rinishidagi tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli. Assosiasiyalar ham konsernlarning vazifasiga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Lekin, ular korporasiyadan farkdi ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyoriy birlashmalari bo‘lishi mumkin. Bu sub’ektlar birlashib, o‘z xuquqlari va vazifalarining bir qismini ijroiya idoralariga topshiradilar hamda uni saqlash uchun zarur mablag‘lar ajratadilar. Xolding kompaniyasi. Xolding kompaniyaning maqsadi - o‘zaro kooperasiyala -nish faoliyatini rivojlantirish, korxonalar mablag‘larini ko‘ngilli ravishda birlash-tirish natijasida tuzilgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli. Xolding kompaniyalarini tashkil etish sarmoya va ilmiy-texnik resurslarni integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Moliya-sanoat guruhlari. Moliya - sanoat guruhi - kredit-moliya va investisiya muassasalari,korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarishni xalqaro ko‘lamda ixtisoslashtirish va kooperasiyalashni chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida mablag‘larini birlashtirib, tashkil qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilmasi. Agrofirmalar - tuman qishloq xo‘jalik majmuining rivojlanishini tahminlash maqsadida, paxtakor va boshqa xo‘jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, xuquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organi. Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish; qishloq xo‘jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos mahsulot ishlab chiqarishni tahminlash; - mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish; xo‘jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish; marketingni tashkil etish, bozor holatini (konyukturasini) o‘rganish va xo‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda ko‘maklashish hamda o‘z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling