Menejment kafedrasi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida tovarlarni sotishni tashkil qilish usullari


Download 0.61 Mb.
bet12/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida tovarlarni sotishni tashkil qilish usullari

Kichik biznes bilan shug’ullanuvchi tadbirkor tovarlar sotishni tashkil qilishda qachon, qaerda va qanday holatlarda kabi turli muammolar bilan to’qnash kelmasin, ularni yechish yo’llarini qidirib topishi g’oyat muhimdir. Ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchiga yetkazib berish, sotishni tashkil qilishning turli shakllari bilan bog’liq. Tovarlarni ulgurji yoki chakana mayda partiyalarda sotgan mahqulmi, o’zining maxsus sotish tizimini shakllantirish kerakmi yoki savdogar tadbirkorlar xizmatidan foydalangan mahqulmi? Bu masalalarning samarali yechimini topish tadbirkorlik faoliyatidagi pirovard natijalarga turli ta’sir etadi. Iste’molchiga yetguncha qadar tovar bir nechta, ya’ni transportda tashish, omborga joylash, savdo do’konlariga chiqarish va iste’molchiga yetkazishdan iborat bosqichlarni bosib o’tadi. Ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetib borgunga qadar bunday qo’shimcha harajatlar savdo yoki muomala harajatlari deb yuritiladi. Bunga tovar harkati bilan bog’liq uni saqlash, qadoqlash, joylash, ehtiyojlarni o’rganish va reklama harajatlari kiradi. Harajatlarning kattaligi ayni vaqtda muomala sohasida band xodimlar mehnatiga to’lanadigan xaq, xizmat va material resurslariga (transport xizmati, aloqa, qadoqlovchi fiallar, yoqilg’i, elektr energiyasi), binolar, mashina va jixozlar, muomala sohasidagi jixozlar, amortizatsiya hamda tovarlarni yo’qotish ham kiradi.

Anhanaviy muomala harajatlari qo’shimcha sof harajatlarga bo’linadi. Qo’shimcha harajatlar tovarlarni iste’molchiga realizatsiya qilish, ya’ni savdo xodimlari mehnatiga xaq to’lash, reklama, iste’molchi bilan aloqalar, pul momalasi bilan bog’liq bo’lgan harajatlardir.

Tovarlarni sotishni tashkil qilishning ikki usuli buyurtma asosida va erkin faoliyat, ya’ni noma’lum bozor uchun ishlashdan iborat.

Buyurtma asosida sotishni tashkil qilishda maxsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish oldindan berilgan buyurtmalar, kelishuv va shartnomalar negazida tashkilqilinadi. Bunda avvaldan tovarning texnik tavsifi, yetkazib beriladigan tovar hajmi va muddatlari, narxi o’zaro kelishib olinadi. Buyurtma asosida tovarlarni realizatsiya qilishdagi asosiy muammo, bir tomondan, tovarlarni o’zaro kelishilgan muddatda shartnoma tamoyillariga amal qilgan holda yetkazib berish bo’lsa, ikkinchi tomondan, buyurtmachi kelishilgan muddatda mablag’ni to’lashidir.

Buyurtma asosida ishlashda tovarlarning harakati juda oddiy usullarda ifodalanadi.


Tovarlarni realizatsiya qilishning bunday shakli ko’proq mashinasozlik, qurilish xizmat ko’rsatish sohalarida keng tarqalgan.

Noma’lum bozor uchun erkin faoliyat ko’rsatuvchi firma yoki korxona o’z maxsulotini qathiy chegaralanmagan miqdor va sifat ko’rsatkichidan tavsifsiz «noma’lum» bozor yoki iste’molchi uchun ishlab chiqaradi. Bunday holdagi tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko’rsatishda tovarlarni sotish bozorlarni tanlash, oldindan aniqlash, realizatsiya qilishning aniq shakllarini tanlash, narxlarning mahqul darajasini belgalashdan iborat.

Erkin bozorda faoliyat ko’rsatish ko’proq yengil va oziq-ovqat sanoat tadbirkorligi uchun harakterlidir.

Ayni vaqtda, har qanday firma yoki korxona maxsulot ishlab chiqarish harakteri va yo’nalishlariga bog’liq holda ham buyurtma asosida, ham erkin bozorda faoliyat ko’rsatishga moslanishi lozim.

Masalan, AQSHda 90 foiz stanok va jihozlar mashinasozlik korxonalarida buyurtma asosida ishlab chiqarilishiga qaramay, bir qism ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar erkin bozorga yo’naltirilgan yoki kiyim kechak ishlab chiqaruvchi korxonalar sotish bilan shug’ullanuvchi turli tashkilotlardan oldindan buyurtma oladi va bu bilan ularni ish bilan ta’minlaydi hamda o’z maxsulotlarining sotilishini kafolatlaydi24.

Erkin bozor uchun faoliyat ko’rsatuvchi tovar ishlab chiqaruvchilaro’zlari ishlab chiqargan tovarlarni o’zlari sotishni tashkil qilishi mumkin. Buning uchun ular o’zlarining buyurtmalari, filial yoki bo’limlarini tashkil qiladilar. Savdo korxonalarini yangitdan tuzish yoki mustaqil savdo firmalarini sotib olish yoki ular ustidan nazorat qilish xuquqini beruvchi aktsiyalarni sotib olish orqali moliyaviy nazoratni o’rnatish mumkin. Bunday jarayon quyidagi sxemada amalga oshiriladi:

Tovarishlabchiqaruvchilar

Xususiysavdo-sotiq

Tovar iste’molchilari

Tovarlarni sotilishi


Tovarlarni iste’molchilarga yetkazishning bunday shaklidan avtomobil, kosmetika va formatsevtika, maishiy texnika va elektroapparatura jihozlari yetkazib berishda keng foydalanilmoqda.

Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarlarni bevosita realizatsiya qilishlari katta harajat va bozorlarni o’rganishni taqozo qiladi. SHuning uchun ko’pincha tovar ishlab chiqaruvchilar tovarlarni realizatsiya qilish mutaxassislari-tadbirkor-savdogarlardan foydalanadilar.

Tovar ishlab chiqaruvchilar va savdogarlarni tanlash va bir joyda uchrashtirishda o’rtachi-vositachi muhim o’rin tutadi.

Sotuvchi va iste’molchini bir joyda uchrashgirishdan tashqari ularning biri nomidan yoki topshiriьi asosida shartnoma tuzuvchini agent deb yuritiladi. Broker va agentga o’zlari bajargan ishlari yuzasidan xaq to’lanadi.

Broker va agentlar oddiy vositachilar bo’lsa, tovar ishlab chiqaruvchilar topshirig’iga muvofiq maxsulotlarni realizatsiya qiluvchi va muomalalarni bajaruvchi vositachi-savdogarlar ancha murakkab operatsiyalarni bajaradilar. Odatda, vositachi-savdogarlarni topshiriqlar harakteri va tovarlarni sotish shartlari bo’yicha bir nechta tiplarga: komissioner, konsignator, shartnoma asosida ishlovchi savdogarlarga ajratiladi.

Komissioner - bu tovar ishlab chiqaruvchi hisobidan, uning topshiriьi va nomidan tovarlarni sotadi. U sotilayotgan tovarning egasi emas. Tovar ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan narx va xududda sotiladi. Komission muomalalarning xilma-xil ko’rinishlaridan biri konsignatsiyadir.

Konsignator tovarlarni maxsus ombordan o’z nomiga, ammo tovar ishlab chiqaruvchi hisobidan va uning topshirig’i asosida oladi. SHartnoma bo’yicha faoliyat yurituvchi savdogar komissioner va distribyutordan farqli ravishda o’z nomi va hisobidan ish ko’radi. Ammo ularni ishlab chiqaruvchi belgilagan narxlardan yuqori sota olmaydi. Me’yor bo’yicha savdogar ko’pincha distribyutor (inglizcha Distribution, yetkazib berish,yopish) deb yuritiladi.

Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotishda ulgurji savdo muhim o’rin tutadi. Ulgurji savdoda tovarlar yirik partiyalarda sotiladi. Ulgurji savdo bilan barcha ta’minlovchi, oldi-sotdi bilan shug’ullanuvchi vositachilar chakana savdo yoki boshqa ulgurji savdo korxonalariga qayta sotish maqsadida shug’ullanadilar. Ulgurji savdoda tovarlar ikki va undan ortiq sotilsa, chakana savdoda bir marta (to’g’ridan-to’g’ri iste’molchilarga)sotiladi.

Ulgurji savdoning asosiy turi tovar ishlab chiqaruvchilarga o’zlarini iste’molchi bilan bog’lanmagan va juda oz harajat va vaqt sarflagan holda sotish imkoniyatini beradi. Ulgurji savdo orqali keng istemol tovarlari, oziq-ovqat maxsulotlari, ehtiyot qismlar va boshqa maxsulotlar realizatsiya qilinadi. Ulgurji savdoning asosiy korxonalari tovar ishlab chiqaruvchilar tuzgan ulgurji savdo korxonalari (ta’minotchi korxonalar) va tijorat ulgurji korxonalaridir.

Ulgurji savdoni tashkil qilish shakllari g’oyat xilma-xil. Raqobatli savdo’sotiq, ya’ni sotib oluvchi sotuvchilar uchun o’ziga xos raqobat uyushtiradiki, bunda tovarlarni sotishning barcha shartlari, tovar va xizmatlar tavsifini belgilaydi. Savdoning bu shakli bozor iqtisodiyoti holatidan kelib chiqqan holda sotuvchilarning iste’molchilar uchui kurashini ifodalaydi. Savdo’sotiq ikki xil bo’lib, ochiq savdo, ya’ni iste’molchi buyurtmachi bilan sotuvchi-raqobatchilar tanishishi mumkin bo’lsa, yopiq savdoda shartnomadagi savdo shartlari sir saqlanadi.

Auktsion savdo tovarlar sotish usullaridan biri bo’lib, satuvchi yuqori foyda olish maqsadida savdo’sotiqda bir necha yoki ko’plab sotib oluvchilarning raqobatidan foydalanadi. Auktsion savdoda tadbirkorlar sotuvchi sifatida qatnashishi shart emas, balki vosigachi firmalar xizmatidan foydalanadi. Auktsionda katta partiyadaga tovarlar va alohida tovarlar taklif qilinishi mumkin. Auktsion o’gkazilishi tartibiga ko’ra ulgurji yoki chakaia savdo’sotiq bo’lishi mumkin.

Auktsionni o’tkazish tartibi:

  • unga tayyorlanish;

  • sotib oluvchilarning tovarlar bilan tanishuvi (ko’rishi);

  • auktsion bitimlarni rasmiylashtirish va bajarishdan iborat.

Auktsion savdoni o’tkazish bilan komission asosda ishlovchi maxsus firmalar shug’ullanadi. Auktsion savdo maxsus zallarda amalga oshiriladi.

Ulgurji yarmarkalar savdo ko’rinishlaridan biri sifatida tovar ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli iste’molchilarning o’zaro aloqalarini ta’minlashdan iborat keng assortimentdagi tovarlarni sotish va rasmiylashtirish majmuasidir. Ulgurji yarmarkalar yirik, davriy ravishda o’tkaziladigan bozorlardir. Ulgurji yarmarkalarda asosan ulgurji-vositachi va ishlab chiqarish korxonalari qatnashadilar. Ulgurji yarmarkalarning asosiy vazifasi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning to’g’ridan-to’g’ri aloqasini ta’minlagan holda tovarlarni yana qayta sotish maqsadidagi oldi-sotdisidir.

Ulgurji savdoni amalga oshirishda tovar birjalari muhim o’rin tutadi. Birja sotuvchi va sotib oluvchini uchrashtiradigan doimiy harakatdagi uyushgan bozordir. Birjalarning yuzaga kelishi va shakllanishi savdosotiq muiosabatlarining rivojlanishi bilan boьlivdir. Dastlabki savdogarlarning doimiy yig’ini to’g’risidagi ma’lumotlar Yaponiyada 1 asrga, Qadimgi Rimda II asr oxiriga borib taqaladi. Birja doimiy faoliyat ko’rsatuvchi bozor sifatida XVII asr oxirida Yevropa mamlakatlarida keng yoyildi va bugungi zamonaviy birjalarning o’tmishdoshidir.

«Birja» so’zi lotincha bo’lib, lugaviy ma’nosi «sumka» deganidir. Bryugge shahridagi Frantsiya savdo markazida (Van der Bursega qarashli) mehmonxona oldida savdogarlar tez-tez yig’ilib turgan. Van der Burse gerbida 3 ta sumka tasviri bo’lib, hozirgi Yevropa tillaridagi «Birja» nomi shundan kelib chiqqan. Rossiyada birinchi birja 1703 yilda Pyotr I buyrug’i bilan Sankt-Peterburgda tashkil etilgan bo’lib, XIX asrdan boshlab sezilarli rivojlana boshlagan. Dastlab birjalarda mavjud tovarlar asosida savdo bo’lgan bo’lsa, keyinchalik tovarlarning namunalari asosida savdo qilish keng tarqalgan. So’ngra birja muomalasi doirasidagi tovarlar kengaydi, dastlab alohida tovar sifatida veksel, so’ngra qimmatli qogozlar oldi-sottisi ham yuzaga keldi.

Birjalar mohiyatiga ko’ra tovar (tovar xom ashyolari bilan savdo qiluvchi), fond (qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo qiluvchi) va valyutasavdosini amalga oshiruvchi birjalarga bo’linadi.

Birjalarni yo ochiq aktsiyadorlik jamiyati yoki ommaviy-xuquqiy davlat instituti sifatida tashkil etish mumkin. Birinchi holatda (xususiy aktsiyadorlik jamiyati) savdoda faqat aktsiyadorlik jamiyati ahzolari ishtiroq etsa, ikkinchi holatda savdoga faqat ro’yxatdan o’tgan birja aozolari (tashkilotlar) yoki biletni sotib olgan tadbirkorlar qatnashishi mumkin.

Birjada savdo turlari xilma-xildir. CHunonchi, ma’lum tovarni yetkazib berish shartnomasi, forvard shartnoma, f’yuchers va auktsion orqali amalga oshiriladi:

  • ma’lum tovarni yetkazish shartnomasi bo’yicha, mavjud talab va taklif asosida yuzaga kelgan tovarning narxi joriy bozor narxi asosida aniqlanadi. SHartnoma to’lovi uni tuzish vaqtida yoki kelishilgan vaqt to’lanadi;

  • forvard bitim tuzilgan vaqtda tovar bo’lmasa-da, u, albatta, yetkazib beriladigan bitimdir. Tovarning qathiy bahosi bitim tuzilgan vaqtdagi asosida aniqlanadi va keyinchalik o’zgarishi ham mumkin. Forvard bitim, bir tomondan, o’zgarmas narxlar asosida tovarlarni yetkazib berishni taminlasa, ikkinchi tomondan, sotuvchi va sotib oluvchilarga narxlar o’zgarsa shartnomalarni bekor qilish imkoniyatini bermaydi. Forvard bitimlari birja bitimlari uchun uncha to’g’ri kelmaydi;

  • f’yuchers bitim ham kelajak uchun tuzilgan bitim bo’lib, forvard bitimidan farqli ravishda andozalashgan bitimdir (tovarlar hajmi bo’yicha, realizatsiya qilish vaqti, narxlarning o’zgarishi). Fhyuchers bitim tugagunga qadar tovar istalgan vaqtda sotilishi mumkin bo’lib, bunda shartnomadagi dastlabki baho bilan joriy baho o’rtasidagi farq to’lanishi lozim.

  • Optsionlar ham shartnoma bo’lib, tovarni sotish yoki sotib olish emas, balki tovarni sotish yoki sotib olish xuquqidir. Sotib olish xuquqini beruvchi optsion "koll" deb yuritilsa, sotish xuquqini beruvchi optsion "yo’l" deb nomlanadi.

Ko’rinib turibdiki, ulgurji savdo va uning xilma-xil shakllari ishlab chiqaruvchidan tovarning bozorga harakatini boshlanьich bosqichidan to yana savdo korxonalarigacha bo’lgan jarayonini ifoda etadi va ishlab chiqarish hamda iste’molchilik, bog’lovchi vositachilik harakteriga egadir.

CHakana savdo ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yo’naltirilgan tovar munosabatidagi oxirgi bosqichdir. CHakana savdo iste’molchiga tovarni bevosita ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni bildiradi. CHakana savdoga do’konlardan tashqari umumiy ovqatlanish korxonalari va servis xizmati hamkiradi.

CHakana savdo korxonalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo kanallari va xilma-xil tijorat, chakana savdo korxonalarini ifodalaydi.

Mustaqil chakana savdo korxonalari bitta do’kon (do’kon) yoki savdo nuqtalari zanjiridan iborat bo’lishi mumkin. Oddiy do’konga nisbatan savdo nuqtalari zanjiri tovar ixtisoslashuviga egadir.

Tovar assortimentiga bog’liq holda do’konlar ixtisoslashgan do’konlar, univermaglar, universamlar va kundalik ehtiyoj do’konlariga bo’linadi.

CHakana savdo korxonalarining bir nechta turlari mavjud:

  • O’z-o’ziga xizmat qiluvchi chakana savdo korxonalari tovarlarning turlari nihoyatda ko’pligi va xilma-xilligi bilan haridorlar uchun qulayligi, ya’ni tanlab va qo’l bilan ushlab ko’rish imkoniyatlari kattaligi bilan ajralib turadi. Savdoning bu shakli birmuncha "injiq" haridor uchun tovarlarni mustaqil qidirish, taqqoslash va tanlash imkoniyatini beradi. Bu jarayonda sotuvchining to’la yoki qisman qatnashishi haridorning ham tovarlarni erkin tanlashda mustaqilligini ta’minlaydi.

  • Sotuvchilar maslahatchi rolida qatnashadigan do’konlar haridorga tovarning xususiyatlyari to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar berish, xizmatlar ko’rsatish dyarajasiga ko’ra to’la yoki chegaralangan xizmat ko’rsatuvchi savdo korxonalaridir. CHunki birinchi holatda sotuvchining vazifasi haridorga tomnrlarpi qidprpsh, ularni taqqoslnsh va tanlashda shaxsan yordam bernsh bo’lsa. mkkshgsh holagdp sotuvchn bevosita u yoki bu tovarni tailashda maslahat va tavsiyalar bsradi. SHuni esdan chnqarmaslik kerakki, sotuvchining tovarni sotishi va ko’rsatiladigan xizmatlarga jalb qilinishi qo’shimcha harajatlar bilan bog’liq bo’lib, tovar yoki xizmatlar narxida o’z ifodasini topishi ham mumkin.

  • Pasaytirilgan baholarda savdo qiluvchi do’konlar jahon amaliyottsda tovarlarni realizatsiya qilishda baho omilidan keng foydalangan holda ustama harajatlarni qisqartirish hisobiga tovarlar bahosini pasaytirib, iste’molchiga taklif qiladigan chakana savdo shaklidir. Bunday do’konlar o’z faoliyatini yirik partiyadagi tovarlar (moda tovarlar tomonidan siqib chiqarilgan, tijorat yutug’iga erishmagan)ning narxini chegirish hisobiga amalga oshiradi.

  • Do’kon ombor turidagi do’konlarda savdo’sotiq odatdagi tovarlardan iborat bo’lib, nisbatan arzon baholarda sotiladi. Baholarni pasaytirish sotuvchilar tomonidan ko’rsatiladigan, ya’ni tovarlarni yuklash va tushirish va boshqa qo’shimcha xizmatlarni qisqartirish hisobiga eripshladi-shuningdek, do’kon omborlar shaharlarning markazida emas, balki ijara xaqi birmuncha oz bo’lgan shahar chetlariga joylashadilar va bu bilay tovarlar baholarini nisbatan pasgroq bo’lishiga erishadilar.

  • Savdoning katalog bo’yicha savdo qilish shakli haridorning tovarlarni oldindan tanlashga asoslanadi. Katalog asosida savdo qiluvchi do’konlar o’zining namoyish zaliga egadir. Bunday holatda haridor uchun imkonyayat katta bo’lib, u telefon orqali tanlagan tovariga buyurtma berishi, pulini to’lashi yoki namoyish zaliga kirib, shaxsan o’zi yoqtirgantovarni tanlashi mumkin. Bunday chakana savdo shaklidagi do’konlar tijorat yugug’i katta partiyadagi tovarlarni sotishdagi ustama xajatlarga nisbatan uzoq muddat foydalanadigai keng assortimentdagi (xo’jalik va qurilish tovarlari, mo’yna, sport tovarlari, zargarlik tovarlari va boshqalar) tovarlarni salohiyatli haridorlar zimmasiga sotish hisobiga iqtisod qiladi.

  • Kataloglar qoidaga ko’ra savdo korxonasining tovar assortimenti bilan tanishish istagini bildirgan haridorlarga (bunday haridorlar ijiy mamlakatlarda hambo’lishi mumkin) ularning talabi asosida oldindan xaqi olinib, pochta orqali bepul yuboriladi. Haridor katalogdan tovarni tanlagandan so’ng pochta orqali (telefon, faks) o’zining buyurtmasini firmaga jo’natadi va bu firmada buyurtma qayd etiladi. Katalog buyuritmalariga ko’ra tovarlar xaqi yo jo’natilgandan so’ng yoki oldindan amalga oshiriladi, so’ngra tovarni jo’natiladi.

Pochta orqali buyurtmalar berish katalog orqali savdo qilish uchun buyurtmalar tovarni reklama qilish daqiqalaridan haridorga yetgunga qadar bo’lgan jarayonlarni birlashtiradi. Savdoning bu yo’lida ommaviy axborot vositalari orqali haridor jalb qilingach, isgehmolchilar tovarlarga pochta telefon orqali buyurtmalar berishlari mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri uyda savdo qilish ham iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan bo’lib, savdo madaniyati va servis xizmatts rivojlanganligi darajasi bilan bog’liqtsir. To’g’ridan-to’g’ri uyda savdo qilishning o’ziga xos xususiyati xilma-xil savdo’sotiq tashkilotlari. tayyorlovchi korxonalarning savdo agentlari haridorlar uylariga kerakdi tovarlarni yetkazib berishidan iborat. Oziq-ovqat maxsulotlari, maishiy texnika, bosma maxsulotlar shu tarzda uylarga eltib beriladi.


        1. Tovarlarni sotishda reklamaning o’rni

Kichik biznes tuzilmalarida tovarlarni iste’molchiga yetkazish hamda xilma-xil xizmatlarni taklif qilishda reklama faoliyati muhim o’rin tugadi. Reklama faoliyatki, iste’molchini ishlab chiqilayotgan va sotishga mo’ljallangan tovarlar bilan tanishtirish, salohiyatli istemolchida tovarlar dunyosida o’ziga yoqqan tovarni yoki xizmatni xoxlashdan iborat qulay muhitni yaratishdir.

Reklama - bozorda tovarlar harakati va uni sotishni raьbatlantirish, tovarlar va xizmatlarga ishonchli va kafolatli taklif berishdir.

Reklama faoliyati g’oyat xilma-xil ma’lumotlar jarayoniniyag umumlashmasi, o’zaro aloqa va istak, mayl, ishlar davridir. Reklama — murakkab tashkiliy-iqtisodiy tizim, xaqiqiy xo’jalik faoliyatidir.

Reklamaning ta’sir doirasi g’oyat xilma-xil va serqirradir. Uning bevosita va asosiy vazifasi maxsulotlarni sotish va xizmatlarni taklif qilish orqali taklifni faollashtirish va bozorni kengaytirishdir.

Reklama iste’molchiga bevosita ta’sir etib, u yoki bu tovar va xizmatini reklama qilish orqali butun bir iste’mol jarayonining shakllanishiga (iste’mol darajasi va yo’llari, modalar, hayot tarzi va boshqalar) ta’sir qiladi. Ayni vaqtda, reklama iste’molchi uchun tovarlar va xizmatlar olamidan o’ziga kerakli tovar va xizmatni aniqlab beruvchi yo’lboshchidir.

Reklama faoliyati ildizlari juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Arxeologik va yozma ma’lumotlarga ko’ra reklama qadimgi Gretsiya, qadimgi Rim va boshqa qadimgi davlatlarda keng tarqalgan bo’lib, hunarmandlarning-o’ziga xos tovar belgilarida uchraydi. Hunarmandlarning o’ziga xos reklama, yani ishlab chiqarayotgan maxsulotlariga belgi (reklama) qo’yishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xosdir. Jumladan, O’zbekiston hududidagi xunarmandlar: temirchilar, zargarlar, kulollar, gazlama to’quvchilar, duradgorlar va boshqalar o’zlari ishlab chiqargan maxsulotlarga belgi qo’yganlar va bu bilan o’z maxsulotlari sifatini kafolatlaganlar. Tadbirkorlar qadim-qadimdan iste’molchiga tovar taklif qiluvchi reklamalarning antiqa usullarini kashf etganlar va turli usullarini o’ylab topganlar.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi bilan reklama dunyosi baqaror rivojlandi. XX asrning 50-yillaridan boshlab esa reklama iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda o’ziga xos industriega aylandi.

Bugungi kunda reklamaning maqsadi, vazifasi va o’ziga xos xususiyatlari, aniq shakllari bir qator omillar:

  • reklama qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning mutlaqo yangiligi: yoki anoanaviyligi;

  • iste’mol predmeti sifatida tovarlar va xizmatlarning o’ziga xosligi (oziq-ovqat maxsulotlari, kiyim-kechaklar, texnologayalar, jihozlar, xizmatlar va boshqalar);

  • reklama axborotini tarqatish va namoyish qilishda foydalanadigan
    texnik vositalar va imkoniyatlar;

  • reklama beruvchining moliyaviy imkoniyati, yangi reklama ta’sirining ko’lami, oraliga va intensivlik darajalariga bog’liqdir.

SHuningdek, reklamaning aniq shakllari tadbirkorning fantaziyasiga ham bog’liqdir. Reklama axborotini tarqatish, iste’molchiga ta’siri usullari nihoyatda xilma-xil. Reklama bildirishlari gazeta va jurnallarda, maxsus varaqalarda, radio’televideniyada, turli maxsulotlarni qadoqlash orqali joylashtirilishi mumkin.

Gazeta va jurnallardagi reklama va axborotlar davr bilan hamnafasravishda kengayib va rivojlanib bormoqda. Maxsus reklama qiluvchi gazeta va jurnallar soni ortib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri gazeta va jurnallarda reklama berishning televideniega nisbatan ancha arzonligi va nisbatan «uzoq vaqt»ligidir. Televidenie ekranida namoyish qilinayotgan tovarlar yoki xizmatlar bir daqiqada o’tishi orqali iste’molchilarningko’rmay qolish ehtimoli katga bo’lsa, gazeta va jurnallardagi reklama ma’lumotlari qayta-qayta ko’rish va o’qish imkoniyati kengligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, gazeta-jurnallarda berilgan reklamvamateriallari o’zining «ikkinchi auditoriya»siga ham ega, ya’ni bir qator gazetxon va jurnalxonlar yangi gazeta va jurnallarni emas, balki eski gazeta va jurnallarni varaqlashni yaxshi ko’radi. Gazeta va jurnallarda berilgan reklama materiallaridan iste’molchi tovar va xizmatlar to’g’risida ishonchli va aniq ma’lumotlar olishga intiladi. Bunday reklamaning o’ziga xos zaif tomoni esa reklama materiallarini ma’lum joyda bo’lmasligi va saloxiyatli iste’molchiga ta’sirining kafolati yo’qligidadir.

Radio va televidenieda tovar va xizmatlarni reklama qilish XX asrning oxirgi choragida o’zining yuqori cho’qqisiga yetdi. Televidenieda reklama g’oyat katta auditoriyani egallashi, o’zining tasviri va yoqimli, tortuvchan, ovoz harakatlarining kombinatsiyasi xilma xilligi bilan ajralib turadi. SHuningyaek, televideniedagi reklama-axborot materiallarning ko’lami g’oyat kengdir. SHunga alohida e’tibor berish lozimki, yomon, sifatsiz tayyorlangan reklama roliklari isgeьmolchi diqqatini jalb qilish o’rniga ushbu tovar va xizmatlarga salbiy munosabatni uyg’otishi hammumkin. Ayni vaqtda televideniedagi reklama qimmatligi bilan ham ajralib turadi.

Tashqi reklamaning bosh yutug’i maxsus qalqon, tumba, ustun va ko’rinadigan joylarga joylashtirish bo’lib, qayta-qayta tanishish imkoniyatlari katgaligi bilan ham ajralib turadi.

Maxsulotlarni qadoqlashga bo’lgan harajatlar maxsulot ishlab chiqarishni rejalashtirshda hisobga olinadi va tovar qiymatiga kiradi. Ayni vatgda, maxsulotlarni qadoqlash jarayonida iste’molchining talab va istaklari, tahbi va didining hisobga olinishi reklama vazifasining ham bajarilishini ta’minlaydi. CHunki qadoqlashda maxsulot ishlab chiqarayotgan firmaning nomi, maxsulot va uning tarkibi, qanday foydalanish to’g’risida ko’rsatma kabi bir qator imkoniyatlarni bo’lishi orqali iste’molchiga tovarlarni tanlash imkoniyatini yaratadi.

SHuningdek, reklamaning quyidaga shakllaridan hamfoydalaniladi:

  • Institutsional reklama—firma yoki korxona obro’-e’tibori (dong’i)ni oshirishga qaratilgan bo’lib, tovarlar va xizmatlar reklamasi bilan bog’liq bo’lmay, balki salohiyatli iste’molchilarni firma faoliyatiga yo’naltirilgan ;

  • faoliyatining barqarorligi, ishonchliligi va uning rivsmklanib borayotganligiga ishonchini oshirishga yo’naltirilgan;

  • Ma’lumot berish reklamasi — tovarlar va xizmatlarni bozorga kirish jarayonida ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lib iste’molchilarda tovarlar va xizmatlarning arziydigan, munosib ekanligiga ishonch va dastlabki ehtiyojini shakllantirishga yo’naltirilgan;

  • Esga solish reklamasi — iste’molchining tovarga bo’lgan ishonchini maqsadga muvofiq ekanligiga yo’naltirilgan bo’lib, tovarning yetilgan hayot tsikli (bosqichi) davrida erishilgan bozordagi pozitsiyasini saqlab qolish maqsadida amalga oshiriladi;

  • Vijdonsiz yoki insofsiz reklama — iste’molchilarning tovarlar sifati va xizmatlarga ishonchsizligini uyg’otish, xuquqiy va jismoniy shaxslarning obro’sini to’kish, reklama qilinayotgan tovarlarni raqobatchilar tovarlari bilan odobsizlarcha taqqoslash, shuningdek, tadbirkorlarning hayot tarzi, shon-sharafi, shuhratiga dog’ tushirish to’g’risidagi urinishlardan iborat. O’zbekiston hududida bunday reklama olib borish qonun yo’li bilan tahqiqlangan;

  • Ishonchsiz reklama — tovarlarning tavsifi, sifati, vazifasi, iste’mol xususiyatlari, kafolati va boshqalarni xaqiqatga mos kelmasligidan iborat.

  • Mustahkamlovchi reklama — iste’molchi tanlagan yo’l to’g’riligiga ishontirishga qaratilgan yo’l. Reklamaning bu shakli tovarning yetilgan bosqichida va bozordan ketish jarayonida amalga oshiriladiki, bunda bozorda egallangan pozitsiyalarni va firma imidjini saqlab qolish ko’zlanadi;

  • Qiyosiy (taqqoslash) reklama. Tovarning bir turi xususiyatlarini uning boshqa bir tovar turlariga nisbatan ustunligini targ’ibot qilishdir.

  • Ko’ndiruvchi yoki unatuvchi reklama. Iste’molchining tovarni, xizmatlarni albatta sotib olishiga yo’naltirilgan bo’lib, tovarlar hayot tsiklini yetilgan bosqichida iste’molchilar ehtiyojlarini tovar, xizmatlarga qaratish maqsadlarida amalga oshiriladi.

Ayni vaqtda reklamaning yashirin, yopiq shakllari hambor (video yozuvlar va boshqalar). Bular qonun yo’li bilan tahqiqlangan.
Tayanch iboralar:

marketing, konversion marketing, marketing “Miks”, remarketing, qo’llovchi marketing, rag’batlantiruvchi marketing, marketing tadqiqotlari, broker, agent, ulgurji savdo, auktsion, birja, forvard, fyuchers, chakana savdo, reklama.



Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Marketing, uning mohiyati va ahamiyati.

  2. Tadbirkorlikda marketingning o’rni va roli.

  3. Marketingning maqsadlari va vazifalari.

  4. Marketingning funktsiyalari.

  5. Marketing funktsiyalarini tadbirkorlikda qo’llash.

  6. Tadbirkorning marketing strategiyasi va taktikasi.

  7. Tadbirkorlikda savdo tuzilmalarining roli.

  8. Tadbirkorlikda birjalarning roli.

  9. Tadbirkorlikda ko’rgazmalar va yarmarkalarning roli.

  10. Reklama mohiyatini aytib bering.

  11. Reklama qilish shartlariga tavsif bering?

  12. Tovarlarni sotish qanday tashkil qilinadi?

  13. Tovarlarni sotish usullarini aytib bering?

  14. Savdo uylari qanday vazifalarni bajaradi?

  15. Ulgurji savdoni tashkil qilish xususiyatlariga tavsif bering.

  16. Tovar birjalari, ularning ishini tashkil etish, birja savdosi turlarini aytib bering?

  17. CHakana savdo, uni tashkil qilish xususiyatlari nnmalardan iborat?

  18. CHakana savdoda magaznnsnz savdo qilish afzalliklariga tavsif bering?


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling